fbpx
Yong’oqli nachinkali baqlajondan ruletchalar

Yong’oqli nachinkali baqlajondan ruletchalar

Masalliqlar:

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Gruzincha oshxona o’zining turli-xilligi va masalliqlar uyg’unligi bilan farq qiladi. Bu gazak tayyorlanishi oson, mazzasi esa ajoyib. 

Xmeli-suneli bu gruzincha ziravor bo’lib, uni barcha bozorlarning ziravorlar bo’limida topish mumkin. Shuningdek, supermarketlarda ziravorlar orasida ham bor. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta baqlajon
150 millilitr o'simlik yog'i
Nachinka uchun
200 gramm tozalangan yong'oq
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
1 choy qoshiq tuz
60 millilitr toza ichimlik suvi
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonlarni ingichka 0,5 sm qalinlikda kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

O’simlik yog’ida qizartirib ikki tomonini qovuramiz va qog’oz salfetkani ustiga, yog’ini shimib olishi uchun, qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Blenderda yong’oq, kashnich, sarimsoqpiyoz va ziravorlarni maydalaymiz. Suv qo’shib, yana blenderlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baqlajon ustiga 1 choy qoshiq nachinka solib ruletchalarni o’raymiz. Istakga ko’ra balzamik krem bilan bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta baqlajon
150 millilitr o'simlik yog'i
Nachinka uchun
200 gramm tozalangan yong'oq
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
1 choy qoshiq tuz
60 millilitr toza ichimlik suvi
oldingi
Batafsil fotoretsept: bezakli limonli keks
keyingi
Olma va dolchinli uqalangan pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.