fbpx
Yarim oy shaklidagi yong’oqli rogaliklar

Yarim oy shaklidagi yong’oqli rogaliklar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Chiroyli ko’rinishga ega va juda mazali bu yarim oy shaklidagi rogaliklar og’izda erib ketadi.

Asos sifatida ichiga siz bodom, yong’oq, funduk yoki xohlagan boshqa mahsulotlardan foydalanishingiz ham mumkin.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm un
20 gramm shakar
50 millilitr muzdek suv
1 o'ramcha vanil shakari
Asosiga:
200 gramm tozalangan yong'oq
0.5 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm asal
ustiga sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq idishga unni elab solamiz, ustidan shakar va vanil shakarini solib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib, qo'lda ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan muzdek suv solamiz va yumshoq xamir qorib olamiz, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Blender idishiga yong'oqlarni solib, maydalab olamiz. Ustidan asalni quyib, yana bir bor aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmaga dolchindan solib aralashtirib olamiz va teng 20 ta bo'lakka bo'lib olamiz. Har birini uzunchoq shaklga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan olamiz va uni ham teng 20 ta bo'lakchalarga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir xamirchani aylana shaklda yoyib olamiz, ichiga asoslardan qo'yib, chetlarini buklab yopishtirib chiqamiz va yarim oy shaklidek biroz buklaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga terib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Biroz sovigandan so'ng esa ustidan shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
100 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm un
20 gramm shakar
50 millilitr muzdek suv
1 o'ramcha vanil shakari
Asosiga:
200 gramm tozalangan yong'oq
0.5 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm asal
ustiga sepish uchun shakar upasi
oldingi
Mak solib pishirilgan oshirma pirog
keyingi
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.