fbpx
Xantalda pishirilgan qo’y go’shti

Xantalda pishirilgan qo’y go’shti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qo’y go’shtini  hech qanday marinadlarsiz yumshoq va xushbo’y qilib pishirishning asosiy usuli – unga xantal suritib gaz pechida pishirishdir.

Go’sht juda suvli va xushbo’y bo’lib pishadi – ish kunlari yoki bayram dasturxoni uchun ajoyib taom, uni albatta tayyorlab ko’ring!

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
600-700 gramm qo'y go'shti
3-4 osh qoshiq xantal
1 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
ta'bga ko'ra zira
Qadam 1
Tugallandi

Qo'y go'shtini bo'laklarga bo'lib, qog'oz sochiqlar bilan quritamiz. Ustidan tuz, murch va zira sepib, qo'lda aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qo'y go'shtining har tarafiga xantal suritib, 5 daqiqa tindiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra go'shtni toblatma uchun mo'ljallangan idishga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idish ustini folga bilan yopib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo'yamiz. 40 daqiqadan so'ng folgani olib, yana ozroq, go'sht qizarguniga qadar pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan qo'y go'shtini issiq holida, garnir ustiga qo'yib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 200 daqiqa

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
600-700 gramm qo'y go'shti
3-4 osh qoshiq xantal
1 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
ta'bga ko'ra zira
oldingi
Pomidor va pishloqli kotletlar
keyingi
Ananasli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.