fbpx
Batafsil fotoretsept: Uy sharoitida tayyorlanilgan lapsha

Batafsil fotoretsept: Uy sharoitida tayyorlanilgan lapsha

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Juda mazali tuxumli lapshalarni uy sharoitida tayyorlash juda oson bo’lib, asosiysi bunga xohish bo’lsa bas, kerakli masalliqlar esa hammaning ro’zg’oridan topilishi aniq.

Agarda siz hali birinchi bor tayyorlayotgan bo’lsangiz ham, xavotir olmang, albatta uddalaysiz. Bizning ko’rsatmalarga yaxshilab ahamiyat bering va yangicha taom tayyorlang, ko’rasiz oila a’zolaringiz bundan juda quvonishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 4 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta tuxum
yarim choy qoshiq tuz
200 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga unni solib, o'rtasini chuqurcha qilib olamiz. Tuxumlarni alohida idishga chaqib solamiz va tuz sepib aralashtiramiz. Unning ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qattiq xamir qorib olamiz. Xamirning qattiq bo'lishi bu me'yoriy holat. Xamirni uzoq, taxminan 10-15 daqiqa yaxshilab qorish kerak bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va 25 daqiqaga tindirib qo'yamiz. Undan so'ng xamirni olib, yana mushtlaymiz. Xamir biroz yumshaydi va elastik holatga kiradi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning ikkita bo'lagini ham alohida-alohida yupqa yoyib olamiz, taxminan 1 mm yupqalikda. Xamirni ostidan kaftingizni qo'ysangiz, u ko'rinib turishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Aylana shakldagi yoyilgan xamirni qog'oz sochiq ustiga qo'yib, xona haroratida 30-40 daqiqa davomida quritamiz. Ammo juda qurib ham ketmasin, chetlari biroz qurib qolsa yetarli.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng xamir ustiga ozroq un sepamiz va uni avval teng ikki buklaymiz, so'ng yana ikkiga, ozroq undan sepib, yana bir buklasak ko'p qavatli uchburchak shakl hosil bo'ladi.

Qadam 9
Tugallandi

Endi o'tkirroq pichoq bilan lapshaning chetki qismidan uchiga qaratib, yupqa qilib kesib chiqing. Lapsha qanchalik yupqa bo'lsa, shunchalik shirin chiqadi deyishadi.

Qadam 10
Tugallandi

Kesilgan lapshalarni taxtakach yoki stol ustiga terib, xona haroratida yarim kun davomida quritamiz. Ahamiyat bering, quritadigan xonada yelvizak(skvoznyak) bo'lmasligi kerak.
So'ng tayyor lapshalarni bankalarga solib saqlaymiz yoki qaynatib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishatha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum
yarim choy qoshiq tuz
200 gramm un
oldingi
Baliqli kotletlar
keyingi
Qovurilgan bananli tostlar

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.