Xamirturushli quymoqchalar
Masalliqlar:
-
480 millilitr iliq suv
-
480 gramm un
-
25 gramm shakar
-
7 gramm quruq xamirturush
-
1 dona kichikroq tuxum
-
1/3 choy qoshiq tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Xamirturush solib pishiriladigan do’mboq quymoqchalar retsepti bilan tanishib oling. Buning uchun esa juda ham oddiy bo’lgan, barchaning ro’zg’orida bor masalliqlardan foydalaniladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
480 millilitr iliq suv | |
480 gramm un | |
25 gramm shakar | |
7 gramm quruq xamirturush | |
1 dona kichikroq tuxum | |
1/3 choy qoshiq tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Kattaroq idishga iliq suv quyib, tuz va shakarni sepamiz. Tuz va shakar erigunga qadar venchikda aralashtirib turamiz. Quruq xamirturushni solib, yana bir bor aralashtirib olamiz.
Tuxum va unni yarmini solib, aralashtirib olamiz.
So'ng qolgan unni ham solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Xamir quyuq bo'lib, venchikdan oqishi qiyinroq kechadi.
Xamirni ustini yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
So'ng yana bir marotaba aralashtirib, yana 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz. Qoshiqda xamirdan quyib, qopqog'ini yopamiz va past olovda ikkala tomonini ham qizartirib qovurib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
480 millilitr iliq suv | |
480 gramm un | |
25 gramm shakar | |
7 gramm quruq xamirturush | |
1 dona kichikroq tuxum | |
1/3 choy qoshiq tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |