Videoretsept: Uyda tayyorlanilgan eklerlar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
120 millilitr suv
-
120 millilitr sut
-
100 gramm sariyog'
-
150 gramm un
-
4-5 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq shakar
-
Kremiga:
-
1 ta vanilin qo'zog'i (struchkasi)
-
500 millilitr sut
-
160 gramm shakar
-
40 gramm un
-
2 ta tuxum
-
50 gramm sariyog'
-
Glazuriga:
-
100 gramm xohlagan shokolad
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga juda mazali bo’lgan eklerlarni tayyorlash videoretseptini taqdim etamiz. Bu pishiriqlarni avzalligi shundaki, ularni 3 kundan boshlab, germetik qadoqlarga solib, 3 oygacha muzlatgichda bemalol saqlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
120 millilitr suv | |
120 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
150 gramm un | |
4-5 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq shakar | |
Kremiga: |
|
1 ta vanilin qo'zog'i (struchkasi) | |
500 millilitr sut | |
160 gramm shakar | |
40 gramm un | |
2 ta tuxum | |
50 gramm sariyog' | |
Glazuriga: |
|
100 gramm xohlagan shokolad |
Qozonga suv, sut, shakar, tuz va sariyog'ni solib, olovni balandlatamiz. Sariyog' to'liq eriganidan so'ng, olovni biroz pasaytirib, unni hammasini birdan solamiz va aralashma shar holatiga kelguniga qadar aralashtirib olamiz.
Xamirni boshqa idishga olib, aralashtiramiz va sal iliganidan so'ng, bitta-bitta tuxumni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Xamirga tuxum kamroq yoki ko'proq ketishi mumkin. Bu tuxumning katta yoki kichikligiga ham bog'liq. Xamir silliq, sal suyuqroq, ammo shaklini ushlab turadigan ko'rinishda bo'ladi.
Xamirni qandolatchilik qopchasiga solamiz, "yulduzcha" uchligini ulagan holda, pergament qog'oz to'shalgan patnisga uzunchoq shakllar, 8 sm uzunlikdagi, 2 sm qalinlikdagi eklerlarni chiqarib olamiz.
Ularni 220 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa pishirib, so'ng haroratni 180 C ga tushiramiz va yana 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Krem tayyorlash
Agarda siz struchkali vanildan ishlatsangiz, unda undan quyidagicha foydalaning:
1. Ochish uchun vanil struchkasini toza va quruq taxtakachga qo'ying.
2. Uzunasiga pichoq bilan bir marotaba kesib chiqing.
3. Pichoqning o'rtasi bilan vanilni qirib oling.
4. Qirilgan vanil va struchkasini o'zini ham qaynayotgan sutg soling.
Muhim! Vanilinni ishni boshlagan vaqtgagina oching, undan oldin emas.
Sutni vanil va shakarning yarmini solgan holda 5 daqiqa qaynatib oling.
Alohida idishga shakar, un va tuxumni solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.
Ustidan issiq sutni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz va qayta qozonga quyib, gazga qo'yamiz. Past olovda kovlab, aralashtirib turamiz.
Quyuqlashgandan so'ng esa gazdan olib, sariyog'ni solib, erigunga qadar yaxshilab aralashtirib olamiz.
Kremni sovutib, ustiga yelim qog'ozni tekizib yopamiz va bir soatga yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Kremni qandalotchilik qopchasiga solamiz, eklerlarning chetini teshib, kremni solib chiqamiz.
Shokoladni eritib, eklerlarni botirib olamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @spice.expert
Facebookdagi rasmiy sahifasi: fb.com/spice.expert
Reklama huquqi asosida
3 Sharhlar Hide Comments
Imlo xatolarga e’tibor qaratishingizni so’rayman. Masalan ekler shirinligi maqolasida. Zira.uz ga gap yo’q. Omad!
Bu zavarnoy kremku, uni paket yopib sovutish kk, bomasa usti qotib qoladi
Yaxshilab e’tobor bersez, retseptda ham xuddi shunaqa yozilgan)