Videoretsept: Turshakli pechenyelar
Masalliqlar:
-
1 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
10 gramm vanil shakari
-
200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi
-
450 gramm un
-
12 gramm qabartma
-
200 gramm turshak
-
ustiga sepish shakar upasi
Yo’nalishlar
Nordongina turshak va vanil ta’miga boy mazali pechenyelar retseptini sizlarga ham taqdim etamiz.
Shuningdek, bunday pecheneylarning ichiga xohlagan boshqa masalliqlardan solish mumkin bo’lib, xamirning mayonezda qorilishi esa sizga yangicha ta’mlarni kashf qilsa ajab emas.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
450 gramm un | |
12 gramm qabartma | |
200 gramm turshak | |
ustiga sepish shakar upasi |
Idishga tuxumni chaqib solamiz, shakar va vanil shakarini solib, ko'pirtirib olamiz. Ustidan mayonezni solamiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va yumshoqina xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solamiz va 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yumshoq turshakni mayda bo'laklarga bo'lamiz. Agar turshak qattiqroq bo'lsa, unda uni 20 daqiqa qaynoq suvga ivitib qo'yamiz va undan so'ng to'g'rab solamiz.
Xamirni 5 millimetr qalinlikda yoyib olamiz va stakan yordamida aylana shakllar kesib chiqamiz.
Har bir xamir bo'lagiga maydalangan turshakdan solamiz va ikkiga buklab, chetlarini yaxshilab yopishtirib chiqamiz.
Pechenyelarni pergament qog'oz to'shalgan pech patnisiga terib chiqamiz va 175 C darajada qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
To'liq sovutib, so'ng ustidan shakar upasi sepamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
200 gramm maselkadan Provansal Premium Gold mayonezi | |
450 gramm un | |
12 gramm qabartma | |
200 gramm turshak | |
ustiga sepish shakar upasi |