fbpx
Videoretsept: turkcha mini-pitsa

Videoretsept: turkcha mini-pitsa

Masalliqlar:

  • Xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

To’yimli va mazali narsa hohlayapsizmi? Unda, turkcha mimi-pitsa tayyorlang. Bunday pitsa havodor, yumshoq va juda mazali bo’lib chiqadi.

Qolaversa bunday pishiriq, ishga yoki o’qishga olib ketish uchun ajoyib yegulikhamdir.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiri uchun
1 ta tuxum
8 gramm xamirturush
1 osh qoshiq kefir
100 millilitr iliq suv
40 millilitr o'simlik yog'i
270 gramm un
1 osh qoshiq asal
50 millilitr suv
20 gramm oq kunjut
1 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
nachinkasi uchun
60 gramm motsarella pishlog'i
60 gramm qaynatilgan kolbasa
60 gramm pomidor
60 gramm qizil bulg'or qalampiri
Qadam 1
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Pishloq, kolbasa, pomidor va bulg'or qalampirini to'rtburchak shaklida tog'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Iliq suvga kefir solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra xamirturush, shakar, tuz, tuxum, o'simlik yog'i va elangan un solib, yumshoq, ozroq yopishqoq xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yog'langan idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va issiq joyga 40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni 6 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz (80 grammdan). Dumaloqlab, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 10 daqiqa tindiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Idishda asal va suvni aralashtiramiz.

Boshqa likopchaga kunjut solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra xar bir dumaloqlarni asalli suvga botirib, kunjutga burkaymiz va pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga teramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra bulochkalarning o'rtasida chuqurcha hosil qilib, nachinka solamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiri uchun
1 ta tuxum
8 gramm xamirturush
1 osh qoshiq kefir
100 millilitr iliq suv
40 millilitr o'simlik yog'i
270 gramm un
1 osh qoshiq asal
50 millilitr suv
20 gramm oq kunjut
1 choy qoshiq shakar
bir chimdim tuz
nachinkasi uchun
60 gramm motsarella pishlog'i
60 gramm qaynatilgan kolbasa
60 gramm pomidor
60 gramm qizil bulg'or qalampiri
oldingi
Videoretsept: tovuqli balish
keyingi
Qaynatilgan kremga ega tvorogli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.