fbpx
Videoretsept: tofuli stir-fray

Videoretsept: tofuli stir-fray

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qarsildoq sabzavotlarning achchiq-shirin ta’mlari tofu yumshoqligi bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi. Ushbu taom retsepti universal bo’lib, qolaversa sodda va juda mazali hamdir.

Bunday ekzotik taom bilan siz nafaqat yaqinlaringizni hayratda qoldirasiz, balki retseptlaringiz to’plamiga qiziqarli yangi retsept qo’shasiz.

Ushbu taomdagi tofu vitaminlar va minerallarga boy bo’lgan juda foydali mahsulotdir. Ular orasida kaltsiy, temir, E vitamini, B 12 vitamini va boshqa ko’plab foydali moddalar mavjud.

Bunday pishloq turli xil mahsulotlar bilan chiqishadi; uni dimlash, qovurish, pishirish, qaynatish, marinadlash va salatlar, sho’rvalar, shirinliklar va boshqalarga qo’shish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi –40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm bulg'or qalampiri
100 gramm qizil piyoz
100 gramm brokkoli karami
80 gramm sabzi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm Aysberg salat bargi
ta'bga ko'ra teriyaki qaylasi
ta'bga ko'ra soya qaylasi
30 millilitr o'simlik yog'i
300 gramm tofu
Qadam 1
Tugallandi

Bulg'or qalampirini to'g'raymiz, qizil piyozni ham o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Brokkolini issiq suvga solib, sabzini to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovada o'simlik yog'ini qizdirib, piyoz, bulg'or qalampiri va sabzini tahminan 5-7 daqiqa qovuramiz. Barchasini tez-tez aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Salat bargi va teriyaki qaylasini solib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tofuni o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'rab, sabzavotlarga solamiz. So'ngra brokkolini solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kuz-qish davrida biz ushbu taomga achchiq kimchi karamini qo'shimcha qilishni taklif etamiz. Antioksidant va probiotik miqdori yuqori bo'lganligi sababli kimchi nihoyatda foydalidir. Koreys karamini iste'mol qilish terini tozalashga, immunitetni mustahkamlashga va qondagi xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam beradi.
Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi ProTaste Tofu

Reklama huquqi asosida

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm bulg'or qalampiri
100 gramm qizil piyoz
100 gramm brokkoli karami
80 gramm sabzi
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm Aysberg salat bargi
ta'bga ko'ra teriyaki qaylasi
ta'bga ko'ra soya qaylasi
30 millilitr o'simlik yog'i
300 gramm tofu
oldingi
Videoretsept: ikki xil rangli pechenye
keyingi
Videoretsept: «dangasa» medovik

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.