fbpx
Videoretsept: tayyor filo xamiridan pistalik paxlava

Videoretsept: tayyor filo xamiridan pistalik paxlava

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Sirop uchun

    Yo’nalishlar

    Yupqa filo xamiri qatlamlari, ko’pkina issiq shakar siropi, eritilgan sariyog’ va pista – mashhur sharqona shirinlikning siri. 

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 85 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    1 upakovka baklava uchun filo xamiri
    250 gramm eritilgan sariyog'
    200 gramm tozalangan pista
    Sirop uchun
    250 gramm shakar
    300 millilitr suv
    2 choy qoshiq limon sharbati
    Qadam 1
    Tugallandi

    Kichkina tovada, tagiga oldirmasdan, sariyog’ni eritamiz. Olovni o’chirib chetga olib qo’yamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Pistani, kombayn yoki sizga qulay usulda, maydalaymiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Pech patnisi yoki qolipni barcha xamir qatlamlari ustiga qo’yib, xamirni qolip shaklida kesamiz. Qolip va chetlariga eritilgan sariyog’ surtamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Birinchi qatlamni solib, ustiga eritilgan sariyog’ surtamiz. Oshxona kistochkasi yordamida surtish qulay.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Qolipga 12 qavat filo xamirini, har-birini eritilgan sariyog’ bilan surtib, terib chiqamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    12 qavatdan so’ng, pistani sepib, tekkislaymiz. (Biroz pistani bezak uchun qoldiramiz)

    Qadam 7
    Tugallandi

    Pista ustiga qolgan xamir qatlamlarini teramiz. Har qatlamni yog’lashni unutmaymiz. Taxminan 10 qavat bo’ladi.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Chetlarini tekkislab, mayda bo’laklarga kesib chiqamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Ortgan sariyog’ni paxlava ustiga qoshiq yordamida quyamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    190С gacha qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    Sirop tayyorlaymiz

    Tovada suv, shakar va limon sharbatini aralashtiramiz.

    Qadam 12
    Tugallandi

    15-20 daqiqa davomida o’rtacha olovda aralashtirib pishiramiz. Qaynatmaymiz.

    Qadam 13
    Tugallandi

    Sovugan paxlavani ustiga issiq sirop quyamiz.

    Qadam 14
    Tugallandi

    Har bo’lakchani pista bilan bezatamiz.

    Qadam 15
    Tugallandi

    Sirop qatlamlarni yumshatishi uchun 2-3 soatga qoldiramiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 2 soat
    • Portsiya 10
    • O’rtacha
    • 190С

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    1 upakovka baklava uchun filo xamiri
    250 gramm eritilgan sariyog'
    200 gramm tozalangan pista
    Sirop uchun
    250 gramm shakar
    300 millilitr suv
    2 choy qoshiq limon sharbati
    oldingi
    Videoretsept: «San-Sebastyan» shokoladli chizkeyk
    keyingi
    Videoretsept: chuchvara sho’rva

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.