Videoretsept: suvda qaynatib pishirilgan xamirdan pishloqli bulochkalar (zavarniye bulochki)
Masalliqlar:
-
100 ml suv
-
100 ml sut
-
150 gr sariyog'
-
115-150 gr un
-
4 dona tuxum
-
100 gr qattiq pishloqqirg'ichdan o'tkazilgani
-
ta'bga ko'ra tuz
-
ta'bga ko'ra qora murch
-
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Mashhur restoranlardan birining bosh oshpazi – Alyona Dyukkasdan qaynatma xamirdan tayyorlangan kichkina, pishloqli bulochkalari siridan sizlarni ham voqif qilamiz.
Ulardagi pishloqning sehrli ta’mi, tillarang ko’rinishi va mayin qarsildoqligi sizni ohangrabodek o’ziga tortishi aniq.
Bu bulochkalar gujerlar deb ham ataladi. Bular sho’rvalarga qo’shimcha sifatida, yoki salatlar, qaymoqli pishloq bilan, yoxud o’zini hech qanday qo’shimchalarsiz dasturxonga tortilsa ham ular qanday tugaganini payqamay qolasiz.
Masalliqlar:
100 ml suv | |
100 ml sut | |
150 gr sariyog' | |
115-150 gr un | |
4 dona tuxum | |
100 gr qattiq pishloq | |
ta'bga ko'ra tuz | |
ta'bga ko'ra qora murch | |
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i |
Sirli idishga suv va sut quyiladi, sariyog' va ziravorlar solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi.
Gaz plitasini ustidan olib, unning hammasi solinadi va silliq massa holatiga kirguncha yaxshilab aralashtitiladi.
Xamir o'ziziga suyuqdek tuyulsa, yana bir oz miqdorda un solsangiz ham bo'ladi.
Idish yana gaz plitasiga qo'yiladi va yaxlit bir shar holatiga kirgunicha aralashtirib qaynatiladi.
Xamir aylana shaklga kirgan zahoti gaz plitadan olinadi va tuxumlar solinib to'xtovsiz aralashtiriladi ( mikserdan foydalansa ham bo'ladi).
Undan so'ng pishloq solinadi va yana yaxshilab aralashtiriladi.
Hosil bo'lgan xamir konditer qopchasiga solinadi va duxovka tovasidagi pergament qog'oz ustiga chiqariladi.
Xohishga ko'ra ustiga qairg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepsa ham bo'ladi.
Bulochkalar 200 darajada 10-15 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Masalliqlar:
100 ml suv | |
100 ml sut | |
150 gr sariyog' | |
115-150 gr un | |
4 dona tuxum | |
100 gr qattiq pishloq | |
ta'bga ko'ra tuz | |
ta'bga ko'ra qora murch | |
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i |