fbpx
Videoretsept: suli yormasi (ovsyanka) va banandan pankeyklar

Videoretsept: suli yormasi (ovsyanka) va banandan pankeyklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Suli yormasi va banandan pankeyklar – tez va oson tayyorlanadigan lazzatli va foydali blinchiklar.  Parxezdagilarga foydali nonushta sifatida to’g’ri keladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta banan
1 ta tuxum
130 gramm suli yormasi
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq sut
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanilin
0,5 choy qoshiq dolchin
60 gramm malina
50 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishga tez pishadigan suli yormasi (ovsyanka), tozalangan banan, tuxum. asal, sut, qabartma, vanilin va dolchinni solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Blender yordamida barcha masalliqlarni aralashtiramiz. Agar, uzoq vaqt davomida pishadigan suli yormasi ishlatgan bo’lsangiz, massani 15 daqiqaga qoldiring.

Qadam 3
Tugallandi

Malina qo’shib, lopatka yordamida aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga o’simlik yog’i quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 2 osh qoshiqdan issiq tovaga quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

O’rtacha olovda, har tomonini 1 daqiqadan qovuramiz. Pufakchalar hosil bo’lgandan so’ng aylantirish mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Dasturxonga tortishdan oldin, issiq pankeyklar ustiga asal surtib, malina bilan bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta banan
1 ta tuxum
130 gramm suli yormasi
1 osh qoshiq asal
1 osh qoshiq sut
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanilin
0,5 choy qoshiq dolchin
60 gramm malina
50 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: go’shtli bulochkalar
keyingi
Videoretsept: «San-Sebastyan» shokoladli chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.