fbpx
Videoretsept: shokoladli keks

Videoretsept: shokoladli keks

Masalliqlar:

  • glazur uchun

Yo’nalishlar

Barchamiz uyda tayyorlangan – nam va yumshoq kekslarni yoqtiramiz. Earl Grey choyi qo’shilgan ushbu keks juda xushbo’y bo’lib pishadi, shokolad esa uning ta’miga maza kiritadi.

Keksni – shirinlik istab qolganda, uyga mehmon kelayotganda, xullas, istalgan payt tayyorlasa bo’ladi

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr qaynoq suv
1 ta paketcha "Earl Grey" choyi
100 gramm margarin yoki sariyog'
3 ta tuxum
200 gramm shakar
120 gramm kefir
1 ta plitka "Crafers" qora shokoladi
260 gramm un
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq qabartma
glazur uchun
1 ta plitka "Crafers" qora shokoladi
150-200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Quruq choyga qaynoq suv qo'shib, xona haroratiga kelgunicha sovutamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda shakar va yumshoq sariyog'ni ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra bittadan tuxum chaqib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shokoladni bug'li xammomda eritib, ozroq sovutamiz va tuxumli massaga quyib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovugan choy va kefirni qo'shamiz va mikserda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Un, qabartma va iste'mol sodasini aralashtiramiz va ehtiyotkorlik bilan suyuq massaga qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni yog'langan va un sepilgan qolipga quyamiz va 175-180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga yuboramiz. Tayyor bo'lganini taxta tayoqcha bilan tekshiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz. Shokoladni mayda bo'lakchalarga bo'lib, ustidan qaynab turgan qaymoqni quyamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Sovugan keks ustidan glazur quyamiz. Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

  • 1 soat 15 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 175-180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr qaynoq suv
1 ta paketcha "Earl Grey" choyi
100 gramm margarin yoki sariyog'
3 ta tuxum
200 gramm shakar
120 gramm kefir
1 ta plitka "Crafers" qora shokoladi
260 gramm un
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq qabartma
glazur uchun
1 ta plitka "Crafers" qora shokoladi
150-200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Videoretsept: qovurilgan mantilar
keyingi
Videoretsept: «Napoleon» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.