fbpx
Videoretsept: shokolad pastali sloykalar

Videoretsept: shokolad pastali sloykalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokolad pastali sloykalar tez tayyorlanib, natijasi barchani hayratda qoldiradi – havodor va mayin xamir, nafis shokoladli nachinka va banan. Tayyorlanish usuli juda oson bo’lib, sloykalarni yosh pazandalar ham pishira oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Bananni qalin dumaloqchalarga kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qatlama xamirni yupqa qilib yoyib, 12 ta to’rtburchak bo’laklarga kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Har bir kvadrat o’rtasiga 1 choy qoshiq shokolad pastasi solib ustiga banan bo’lagini qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Konvertchalar shakllantirib, chetlarini yaxshilab chimchilaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sloykalarni pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yib, ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasi surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sloykalarni 200C darajada 15-20 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 1 soat
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: kartoshka pyure bilan gulyash
keyingi
Videoretsept: lavashdan nachos chipslari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.