Videoretsept:quyultirilgan sutdan tayyorlangan keks
Masalliqlar:
-
100 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
-
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
-
4 ta tuxum
-
250 gramm un
-
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm mayiz
Yo’nalishlar
Yumshoq va juda mayin keks pishirishni istaysizmi? Unda uni bizning retseptimiz bo’yicha tayyorlab ko’ring. Quyultirilgan sutdan tayyorlangan keks – bu nihoyatda nozik shirin ta’mga ega yumshoq havodor shirinlik.
Keks retsepti universal bo’lgani tufayli har bir pazanda unga o’zidan qo’shimchalar qo’shishi mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
4 ta tuxum | |
250 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm mayiz |
Chuqur idishda yumshagan margarin va bir chimdim tuzni ko'pirtiramiz.
Bittadan tuxum chaqib, har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtiramiz.
Quyultirilgan sut solib, yaxshilab aralashtiramiz.
So'ngra qabartma bilan aralashtirilgan unni solamiz. Mikserda aralashtiramiz.
So'ngra mayiz solib, lopata yordamida aralashtiramiz.
Xamirni yog'langan va un sepilgan qolipga solamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
100 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini | |
380 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
4 ta tuxum | |
250 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm mayiz |