Videoretsept: «Qush suti» qandlari (Птичье молоко)
Masalliqlar:
-
150 gramm tuxum oqi5 ta tuxum
-
120 gramm quyultirilgan sut
-
240 gramm yumshatilgan sariyog'
-
360 gramm shakar
-
220 millilitr suv
-
12 gramm agar-agar
-
30 gramm kakao kukuni
Yo’nalishlar
Juda mazali «Qush suti» qandlari — mayin, yumshoq, kakao bilan qoplangan og’izda eriydigan sufle retseptini sizga taqdim etamiz. Bunday chiroyli qandlarni ham sovg’a uchun, ham bayram dasturxoni, ham har kunga choy oldiga tayyorlash mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
150 gramm tuxum oqi | |
120 gramm quyultirilgan sut | |
240 gramm yumshatilgan sariyog' | |
360 gramm shakar | |
220 millilitr suv | |
12 gramm agar-agar | |
30 gramm kakao kukuni |
Oldindan 20x20 smlik qolipni tayyorlaymiz: qolipning tagini tashqi tomondan folga bilan qoplaymiz.
Yumshatilgan sariyog’ni quyultirilgan sut bilan ko’pirtiramiz.
Qiyom uchun suv, shakar va agar-agarni birlashtiramiz. Shakar eriguncha qizdirib, past olovda 4-5 daqiqa davomida qaynatamiz.
Qiyom qaynashni boshlaganda, tuxum oqini ko’pirtirishni boshlaymiz.
Ko’pirtirishni to’xtatmasdan, issiq qiyomni asta sekin tuxum oqiga quyamiz.
Oz-ozdan sariyog’lik kremni qo’shib, ko’pirtiramiz.
Massani tayyor qolipga quyib, sovutamiz. So’ngra 3 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Masalliqlar:
150 gramm tuxum oqi | |
120 gramm quyultirilgan sut | |
240 gramm yumshatilgan sariyog' | |
360 gramm shakar | |
220 millilitr suv | |
12 gramm agar-agar | |
30 gramm kakao kukuni |