fbpx
Videoretsept: qumoq xamirdan turkcha somsa

Videoretsept: qumoq xamirdan turkcha somsa

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • xamiriga

    • asosiga

    Yo’nalishlar

    Uyda tayyorlangan turkcha somsa – mehmonlarni ajablantiradigan ajoyib taom bo’la oladi. Xushta’m va sersuv asosi, qumoq xamiri -juda mazali.

    Ushbu somsalar noodatiy ko’rinishga ega bo’lib, oila a’zolaringiz bunday taomni munosib baholashadi.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

     

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    xamiriga
    250 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
    250 gramm smetana
    750-800 gramm un
    0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
    asosiga
    500 gramm mol go'shtidan qiyma
    200 gramm kartoshka
    250 gramm piyoz
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    ustiga suritish uchun tuxum
    ustiga sepish uchun kunjut
    Qadam 1
    Tugallandi

    Xamir tayyorlaymiz:

    Unni soda bilan elab, unga muzdek margarinni qirg'ichdan chiqaramiz.
    Qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Un va margarinli qumoqqa smetana qo'shib, xamir qoramiz.
    Xamirni xona haroratida 25 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Xamirni 3 bo'lakka bo'lib, har bir bo'lakni dumaloq shakliga keltirib olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, yana 10 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Asosini tayyorlaymiz:

    Kartoshkani qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz yoki mayda somoncha shaklida to'g'raymiz. Piyozni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Sabzavotlarni qiyma bilan aralashtiramiz. Tuz va murch sepamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Xamirning bir bo'lagini 3 mm qalinlikda yoyib, uni 1,5-2 sm kenglikdagi chiziqlarga kesib olamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Qiymadan katta bo'lmagan oval shakllar yasab olamiz. Ularni xamir chiziqlari bilan o'raymiz. Shu tarzda somsalarni yasab olamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Somsalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz. Tuxum suritib, kunjut sepamiz. 180 C darajada 25 daqiqa pishiramiz.

    Yoqimli ishtaha!

    Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

    Reklama huquqi asosida

    • Portsiya 12
    • O’rtacha
    • 180 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    xamiriga
    250 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
    250 gramm smetana
    750-800 gramm un
    0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
    asosiga
    500 gramm mol go'shtidan qiyma
    200 gramm kartoshka
    250 gramm piyoz
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    ustiga suritish uchun tuxum
    ustiga sepish uchun kunjut
    oldingi
    Turshakli sirniklar
    keyingi
    Videoretsept: shokoladli muzqaymoq

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.