fbpx
Videoretsept: qulupnaylik mini-piroglar

Videoretsept: qulupnaylik mini-piroglar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Qulupnay mavsumida o’zingizni ajoyib mini-piroglar bilan siylashni unutmang. Bu pishiriq juda oson va qo’l ostidagi masalliqlardan tayyorlanadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
25 gramm shakar
5 gramm tuz
280 gramm muzdek sariyog'
90 millilitr muzdek suv
Nachinka uchun
400 gramm qulupnay
75 gramm shakar
2 choy qoshiq limon sharbati
15 gramm makkajo'xori kraxmali
1 tuxum sarig'i +1 ch.q suv
10 gramm shakar bezak uchun
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishga unni elaymiz, tuz va shakar qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sovuq sariyog’ni unga bulagan holda qirg’ichdan o'tkazib, massani uvoq shakliga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovuq suv qo’shib tezda xamir qoramiz.
Xamirga uzoq ishlov bermaymiz, uni dumaloq shar holatiga keltirib, yopishqoq plyonkaga o'rab, 1-2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qulupnayni yuvib, to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishga solib, gazga qo’yamiz va qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shakar va limon sharbati qo’shib, 2-3 daqiqa pishiramiz. Shakar tagiga olmasligi uchun, aralashtirib turamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kraxmal qo’shib, murabboni o’rtacha olovda 10 daqiqa mobaynida pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor bo’lgan qulupnay murabbosini boshqa idishga solib, sovutgichga 25-30 daqiqaga olib qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni ikki qismga bo’lib, har bir bo’lakni 5-6 mm qalinlikda yoyamiz. Qolip yordamida bir-xil shaklda dumaloqchalar kesib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Dumaloqchalarning bir qismining o’rtasida 2 kichik parallel kesmalar qilamiz.
Ikkinchi yarimining o’rtasiga qulupnay murabbosini solib, kesmasi bor yarimi bilan ustini berkitamiz. Sanchqi bilan chekkalarini ezamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Yasalgan mini-piroglarni 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirogchalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga suv va tuxum sarig'i aralashmasini surtamiz va bir chimdim shakar sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

190C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tayyor pirogchalarni sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
25 gramm shakar
5 gramm tuz
280 gramm muzdek sariyog'
90 millilitr muzdek suv
Nachinka uchun
400 gramm qulupnay
75 gramm shakar
2 choy qoshiq limon sharbati
15 gramm makkajo'xori kraxmali
1 tuxum sarig'i +1 ch.q suv
10 gramm shakar bezak uchun
oldingi
Quyiltirilgan sutga ega tez tayyor bo’ladigan pirojniylar
keyingi
Kavatakli osh (tok oshi)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.