Videoretsept: qo’ziqorin va tovuqli lazanya

Videoretsept: qo’ziqorin va tovuqli lazanya

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Beshamel qaylasi uchun:

Yo’nalishlar

Lazanya — Italiyada pitsadan keyingi o’rinda turuvci mashhur taomlardan biri. Bu taomda xamir bilan asoslar navbati bilan qavatma-qavat qilib pishiriladi. Bizlar esa bugun lazanyani qo’ziqorin va tovuqdan tayyoradik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
300 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
400 gramm pomidor
yarim bog' petrushka
qovurish uchun 2 osh qoshiq o'simlik yog'i
20 dona lazanyaga mo'ljallangan pastalar
200 gramm qattiq pishloq
bir chimdim tuz
bir chimdim qora murch
Beshamel qaylasi uchun:
40 gramm sariyog'
3 osh qoshiq un
800 millilitr sut
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugllandi

Qo'ziqorin va tovuqni mayda qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyozni po'stini archib, uni ham mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tovaga yog' quyib, piyozni shaffof rangga kirgunicha qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng ustidan to'g'ralgan tovuq va qo'ziqorinni solib, birga qovuramiz. Tuz va murch sepib, gazdan olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qaylasi:

Qozonchaga sariyog' solib eritamiz. So'ng unni solib, birgalikda qovuramiz. Muntazam aralashtirib turishni unutmaymiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng sutni quyib, biroz quyulguniga qadar qaynatamiz. Silliq holatga kirgunicha venchikda

Muskat yong'og'ini sepib, gazni o'chiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz. Qolipga sariyog' surtamiz. Qattiq pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pomidorni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Petrushkani to'g'rab, pomidor ustidan solamiz va aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Lazanya xamirlarini qolipga terib chiqamiz. Agar qaynating deb qadog'ida yozilgan bo'lsa, unda avval qaynatib olasiz.

Qadam 10
Tugllandi

Qiymali aralashmani yarmini solib, ustidan beshamel qaylasining ⅓ qismini quyamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Yana lazanya xamirlarini bir tekis qilib terib chiqamiz. So'ng yana qiyma va qayla.

Qadam 12
Tugllandi

Qolgan xamirlarni hammasini terib, qaylani quyamiz va ustidan pomidorli aralashmani ham solamiz. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni esa sepamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Qizigan pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
300 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
400 gramm pomidor
yarim bog' petrushka
qovurish uchun 2 osh qoshiq o'simlik yog'i
20 dona lazanyaga mo'ljallangan pastalar
200 gramm qattiq pishloq
bir chimdim tuz
bir chimdim qora murch
Beshamel qaylasi uchun:
40 gramm sariyog'
3 osh qoshiq un
800 millilitr sut
1 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
Baqlajon va tovuqdan iliq salat
keyingi
Muzqaymoq krem bilan bezatilgan biskvitli tort

Fikringiz