fbpx
Videoretsept: «Qizil baxmal» shirinligi

Videoretsept: «Qizil baxmal» shirinligi

Masalliqlar:

  • Biskvit uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Bu shirinlikni tayyorlash uchun biz «Korona» qozoq brendi unidan foydalandik – u bilan ishlash qulay. Unni 2 xil navi – oliy va birinchi, va bir-necha turdagi qadoqlari mavjud. Qulayligi shundaki, ham 1 kg ham ko’proq qadoqda sotib olish mumkin. 

Natijada, «Korona» unida tayyorlangan «Qizil baxmal» shirinligi uchun xamir juda yaxshi, xavoli bo’ldi, pishgan holatda esa yaxshi oshdi, bu esa unga ham bog’liq.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
2 ta tuxum
250 gramm shakar
300 gramm smetana
120 gramm sariyog'
50 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
10 gramm qabartma
10 gramm kakao kukuni
360 gramm "Korona" uni
1 choy qoshiq qizil rangli bo'yoq
Krem uchun
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
400 gramm tvorogli pishloq
150 gramm shakar upasi
0,5 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq limon sedrasi
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum va shakarni mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog’, o’simlik yog’i, smetana qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un, kakao kukuni, qabartma, tuz, qizil rangni qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

21x21 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solib, xamirni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180С gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz. Tayyorligini uzun taxta tayoq yordamida tekshiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor xamirni sovutib, qolipdan chiqaramiz. Plyonkaga o’rab, sovutgichga 2-3 soatga olib qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chuqur idishda sovuq tvorogli pishloq va shakar upasini mikser yordamida 1 daqiqa davomida aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qaymoq, limon sedrasi va vanilin qo’shib, yana 1 daqiqa davomida aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor kremni dumaloq nasadkali qandolat qopchasiga solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovutilgan xamirdan 6 sm diametrlik dumaloqlar kesamiz. Har bir xamir ustiga krem chiqarib, ustini ikkinchi qavat xamir bilan berkitamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Istakka ko’ra yana bir qatlam qilishingiz mumkin. Tepasini krem va rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

«Korona» unini Havas, Carrefour va O’zbekiston bo’ylab boshqa chakana savdo do’konlardan sotib olish mumkin.

Sayt: korona.kz
Instagram: @koronapremium
Telegram: t.me/koronapremium

Reklama huquqi asosida..

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
2 ta tuxum
250 gramm shakar
300 gramm smetana
120 gramm sariyog'
50 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
10 gramm qabartma
10 gramm kakao kukuni
360 gramm "Korona" uni
1 choy qoshiq qizil rangli bo'yoq
Krem uchun
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
400 gramm tvorogli pishloq
150 gramm shakar upasi
0,5 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq limon sedrasi
oldingi
Videoretsept: tovuq va sabzavotli salat
keyingi
Videoretsept: pishloqli nachinkali tovuq filesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.