fbpx
Dolchinli pirog

Dolchinli pirog

Masalliqlar:

  • Uvoqiga:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

Usti qarsildoq, ichi esa uvalanib ketadigan, dolchinga to’yinib pishgan bunday pirog oila a’zoalringizni bir dasturxon atrofida jamlashga beminnat xizmat qiladi.

Tayyorlash jarayoni osonligi va ko’p masalliqlarning talab etilmasligi esa ayni muddao.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Uvoqiga:
120 gramm sariyog'
250 gramm un
150 gramm shakar
2 osh qoshiq maydalangan dolchin
1/4 choy qoshiq tuz
Xamiriga:
250 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/4 choy qoshiq tuz
85 gramm sariyog'
2 ta tuxum
160 gramm smetana
1 choy qoshiq vanil shakari
1 osh qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Uvog'ini tayyorlab olamiz:

Barcha quruq masalliqlarni solib, aralashtirib olamiz. Eritilgan sariyog'ni quyib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirini tayyorlab olamiz:

Mikser idishiga barcha quruq masalliqlar va eritilgan sariyog'ni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tuxum solib, massani ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Smetana va limon sharbatini solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Aylanasi 18 sm kattalikdagi qolipga xamirning yarmini quyamiz, ustidan uvoqli aralashmamizning ham yarmini sepamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng qolgan xamirni quyib, ustidan qolgan urvoqli aralashmani sepamiz.

Qadam 7
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishgan pirogni sovutib, ustidan shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Uvoqiga:
120 gramm sariyog'
250 gramm un
150 gramm shakar
2 osh qoshiq maydalangan dolchin
1/4 choy qoshiq tuz
Xamiriga:
250 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
1/4 choy qoshiq tuz
85 gramm sariyog'
2 ta tuxum
160 gramm smetana
1 choy qoshiq vanil shakari
1 osh qoshiq limon sharbati
oldingi
Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom
keyingi
Tovuq va pishirilgan bulg’or qalampiridan sendvich

Fikringiz