fbpx
Videoretsept: plombir kremli shokoladli «Medovik»

Videoretsept: plombir kremli shokoladli «Medovik»

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Mayin krem va shokolad ta’mli ko’pqavatli «Medovik» torti, hech kimni befarq qoldirmaydi. Bu tayyorlash usuli bo’yicha tayyorlangan qatlamlar xushbo’ asal isi va shokolad ta’miga ega. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
450 gramm un
3 ta tuxum
260 gramm shakar
80 gramm asal
1,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
60 gramm kakao kukuni
120 gramm "Milter" o'simlik yog'li spredi
Krem uchun
500 millilitr sut
200 gramm shakar
1 ta tuxum
220 millilitr 20-35 % li qaymoq
100 gramm "Milter" o'simlik yog'li spredi
80 gramm "Milter" quyultirilgan suti
40 gramm makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Idishda shakar, tuxum, kakao va asalni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishni olovga qo’yamiz va qaynashni boshlaguncha aralashtirishni to’xtatmaymiz, ammo qaynatmaymiz. Olovdan olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Iste’mol sodasi qo’shib aralashtiramiz. Ko’pik hosil bo’lishi mumkin. Ko’pik pasayishi bilan, xona haroratidagi sariyog’i va un qo’shib xamir qoramiz. Xamir yumshoq va biroz yopishqoq bo’lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni kolbasa shakliga keltirib, 12 ta qismga bo’lamiz. Har birini dumaloq shaklga keltiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor xamirchalarni unlangan tarelkaga terib, plyonka bilan o’rab, 1 soatga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan chiqarib biroz isitamiz. Har birini pergament qog’ozida yoyib, tarelka yoki qolip yordamida dumaloq shaklga keltiramiz. Yoyilgan xamirni sanchqida shachib chiqamiz. Kesilgan chetlardan yangi dumaloqcha hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 5 daqiqaga qo’yamiz. Bitta qatlam pishguncha, ikkinchisini yoyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Idishda tuxum, shakar va kraxmalni aralashtiramiz. Boshqa idishda sut qaynatamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Aralashtirib tuxumli massaga sutni sekin-sekin quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ushbu massani olovga qo’yamiz, aralashtirishni to’xtatmasdan o’rtacha olovda quyuqlashgunicha qaynatamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Issiq qaynatilgan kremga yumshoq sariyog’ qo’shib, eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Issiq kremni boshqa idishga solib, ustini plyonka bilan berkitamiz - plyonka kremga tegishi kerak. Biroz sovutib sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Sovutilgan kremga quyultirilgan sut qo’shib, mikserda aralashtiramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Alohida idishda sovuq qaymoqni ko’pirtiramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Kremga qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 16
Tugallandi

Qavatlarni kremlab ustma-ust qo’yamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Tortlarning cheti va ustini kremlab, xamir uvoqlari bilan sepib bezatamiz.

Qadam 18
Tugallandi

Tortni tunga sovutgichga qo’yamiz. 
Tortni dasrutxonga tortishdan 40 daqiqa oldin, xona haroratiga kelishi uchun sovutgichdan olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
450 gramm un
3 ta tuxum
260 gramm shakar
80 gramm asal
1,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
60 gramm kakao kukuni
120 gramm "Milter" o'simlik yog'li spredi
Krem uchun
500 millilitr sut
200 gramm shakar
1 ta tuxum
220 millilitr 20-35 % li qaymoq
100 gramm "Milter" o'simlik yog'li spredi
80 gramm "Milter" quyultirilgan suti
40 gramm makkajo'xori kraxmali
oldingi
Makkajo’xori «qovurg’achalari»
keyingi
Batafsil fotoretsept: sushi tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.