Videoretsept: pishloqli tezpishar xachapurilar
Masalliqlar:
-
1 o'ram tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
-
200-250 gramm motsarella pishlog'i
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Yo’nalishlar
Xachapuri — juda mashhur va sevimli gruzincha taomlardan biri hisoblanadi. Bugun esa bu yegulikni tayyor xamirdan juda tez tayyorlanish retseptini sizlarga ham taqdim etamiz.
Pishir-kuydirni umuman bilmaydigan qizlarimiz ham quyidagi videoretseptni tomosha qilib, bemalol pishira olishlari aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
200-250 gramm motsarella pishlog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.
Xamirni 3 millimetr qalinlikda yoyib, undan bir xil kattalikdagi to'rtburchak shakllar kesib chiqamiz.
Xamir bo'laklarining o'rtasiga qirilgan pishloqdan solib chiqamiz.
Chetlarini buklab, xuddi konvertsimon ko'rinishda tugamiz.
Ustidan tuxum sarig'i surtib, bir nechta joyini sanchiqda teshib chiqamiz.
Masalliqlar:
1 o'ram tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
200-250 gramm motsarella pishlog'i | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut |