Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorogli chizkeyk
Masalliqlar:
-
500 gramm tvorog
-
350 gramm quyultirilgan sut
-
250 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
-
100 gramm sariyog'
-
50-60 millilitr muzdek suvjelatin uchun
-
1 ta Dr.Oetker jelatini10 gramm
-
50 gramm malinabezak uchun
-
200 millilitr suvjele uchun
-
1 ta Dr.Oetker rezavor mevali jelatini
-
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari
Yo’nalishlar
Lazzatli va yumshoq chizkeyk. Ushbu pishirishni talab etmaydigan tvorogli chizkeyk butun oila uchun ajoyib shirinlik bo’la oladi.
Bulutdak nozik nachinka, rezavor mevali jele qatlami va qumoq pechenyeli asosi bir-birini mukammal ravishda to’ldiradi!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tvorog | |
350 gramm quyultirilgan sut | |
250 gramm qumoq pechenye (pesochniy) | |
100 gramm sariyog' | |
50-60 millilitr muzdek suv | |
1 ta Dr.Oetker jelatini | |
50 gramm malina | |
200 millilitr suv | |
1 ta Dr.Oetker rezavor mevali jelatini | |
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari |
Dr.oetker jelatiniga suv solib, 10 daqiqa ishishi uchun qoldiramiz.
Qumoq asosini tayyorlaymiz:
Pechenyeni qumoq shakliga keltirib maydalab, sariyog'ni eritamiz va pechenyega solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
20 sm diametrga ega qolipga qumoq pechenyeni solib, taglarini tekkislaymiz.
Tvorogni quyiltirilgan sut bilan aralashtirib, blenderda bir xil bo'lgunicha maydalab olamiz.
Idishda jelatinni eritamiz (ammo qaynab ketishiga yo'l qo'ymaymiz). Tvorogli massaga jelatin quyib, yaxshilab aralashtiramiz.
Tvorogli massani pechenyeli asosga solib, tekkislaymiz va 1 soatga muzlatgichga sovugunicha yuboramiz.
Rezavor mevali jelega qaynoq suv quyib, yaxshilab aralashtiramiz va 10 daqiqa xona haroratida sovutib, so'ngra chizkeyk ustiga quyib, istalgan rezavor meva yoki meva qo'yib chiqamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tvorog | |
350 gramm quyultirilgan sut | |
250 gramm qumoq pechenye (pesochniy) | |
100 gramm sariyog' | |
50-60 millilitr muzdek suv | |
1 ta Dr.Oetker jelatini | |
50 gramm malina | |
200 millilitr suv | |
1 ta Dr.Oetker rezavor mevali jelatini | |
1 ta Dr.Oetkerdan tabiiy vanilli vanil shakari |