fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan «Берлинер» ponchiklari

Videoretsept: pechda pishirilgan «Берлинер» ponchiklari

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Berlinerlar – ustiga shakar upasi sepilgan, nachinkali nemis ponchiklari. Biz bunday ponchiklarni pechda pishirishni tavsiya qilamiz. Katta-yu kichikga yoqadigan, ko’pgina nachinkali yumshoq, havodor va mayin ponchiklar pishadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
80 gramm shakar
10 gramm quruq xamirturush
bir chimdim tuz
1 ta tuxum
150 millilitr sut
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Nachinka uchun
350 gramm shokoladli pasta
Bezak uchun
20 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda xamirturush, shakar va iliq sutni birlashtiramiz. 5-10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz, tuxum, elangan un qo’shib aralashtiramiz. Oxirida sariyog’ qo’shib, yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 1 soatga oshishi uchun iliq joyga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 8 qismga bo’lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir qismni yoyib, o’rtasiga shokolad pastasini solamiz. Chetlarini bir-biriga yopishtirib, dumaloq shaklga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ponchiklarni 15 daqiqaga qoldiramiz. 180C darajada 15-20 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor ponchiklarni ustiga shakar upasi sepib, iliqligida iste’mol qilishni tavsiya etamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm un
80 gramm shakar
10 gramm quruq xamirturush
bir chimdim tuz
1 ta tuxum
150 millilitr sut
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Nachinka uchun
350 gramm shokoladli pasta
Bezak uchun
20 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: mini-chebureklar
keyingi
Videoretsept: ismaloq va feta pishloqli toblatma

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.