Videoretsept: Paxlava
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
700 gramm un
-
200 gramm margarin yoki sariyog'
-
200 millilitr smetana
-
1 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
-
3 dona tuxum sarig'i
-
Asosiga:
-
4 ta tuxum oqi
-
2 stakan yong'oq
-
1 stakan mayiz
-
150 gramm shakar
-
Ustiga:
-
2 osh qoshiq asal
-
2 osh qoshiq sariyog'
-
bir hovuch yong'oq
-
1 ta tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Ko’pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig’ini tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko’rsatmalarga amal qilsangiz bo’lgani.
Paxlavani hamma turlicha tayyorlaydi. Bizlar bugun sizlarga o’zimizning ishonchli va sevimli bo’lishga aylangan retseptimiz asosida pishirib ko’rsatamiz.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
700 gramm un | |
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 millilitr smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
3 dona tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
4 ta tuxum oqi | |
2 stakan yong'oq | |
1 stakan mayiz | |
150 gramm shakar | |
Ustiga: |
|
2 osh qoshiq asal | |
2 osh qoshiq sariyog' | |
bir hovuch yong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i |
Margarin yoki sariyog'ni qirg'ichdan o'tkazamiz va un bilan aralashtiramiz.
Ustidan qabatma, vanil shakari, tuxum sarig'i va smetanani solamiz va o'rtacha yumshoqlikda xamir qoramiz.
Xamirni ustini yopib, yarim soatga tindirib qo'yamiz.
Bu vaqt mobaynida asosni tayyorlab olamiz.
Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz va shakar solib yana ko'pirtirishda davom etamiz.
Yong'oqni o'qlov yoki blenderda maydalaymiz.
Mayizni oldindan 15 daqiqa qaynoq suvga botirib qo'yamiz. So'ng qog'oz sochiqda quritamiz va ko'pirtirilgan tuxum oqiga qo'shamiz.
Yong'oqni ham tuxumga solamiz.
Xamirni uch qismga bo'lamiz.
Birinchi bo'lagini olamiz va gaz pechi patnisiga moslab yoyib chiqamiz, qalinligi taxminan 0.3-0.4 mm atrofida bo'ladi.
Yoygan xamirimizni pergament qog'oz to'shalgan patnisga qo'yib, 180 C darajada taxminan 15 daqiqa pishirib olamiz.
Qolgan ikkinchi xamirni ham yoyib, pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga teramiz.
Ustidan yoygan xamirimizni qo'yamiz.
Xamirni ustiga tuxumli aralashmamizni teng yarmini bir tekis surtib chiqamiz.
Ustidan pishirib olgan xamirimizni sovutib, qo'yamiz.
Ko'pirtirilgan tuxumni qolganini ham ustidan surtib chiqamiz.
Xamirimizning uchinchi bo'lagini ham yoyib, pishirig'imizni ustiga qo'yamiz.
Pichoq bilan pishirig'imiz ustini xohlagandek kesib chiqamiz. Biz ularni to'rtburchak shaklda kesdik.
Kesishda xamirni oxirigacha emas, balki ikkinchi qavat xamirgacha kesamiz.
Ustiga tuxum sarig'ini surtib chiqamiz va yong'oqlar bilan bezaymiz.
Gaz pechini 180 C darajada qizdiramiz va 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sariyog' bilan asalni eritib olamiz. Biz bunda mikroto'lqinli pechdan foydalandik. Gaz plitasida eritsa ham bo'ladi.
Paxlavani olib ustiga eritilgan asal va sariyog'ni quyib chiqamiz va yana 5-10 daqiqa pishirib olamiz.
Shirinligimiz tayyor!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
700 gramm un | |
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 millilitr smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari | |
3 dona tuxum sarig'i | |
Asosiga: |
|
4 ta tuxum oqi | |
2 stakan yong'oq | |
1 stakan mayiz | |
150 gramm shakar | |
Ustiga: |
|
2 osh qoshiq asal | |
2 osh qoshiq sariyog' | |
bir hovuch yong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i |
8 Sharhlar Hide Comments
Assalomu aleykum. Manga saytlaringiz va retseptlariz juda yoqadi. Mana shu paxlava pishirilgan listni o’lchami qanaqaligini so’ramoqchiydim. Javob uchun oldindan rahmat?
Salom
Assalomu aleykum. Manga saytlaringiz juda yoqadi. Berilgan retseptlar bo’yicha tayyorlash juda qulay. Mana shu paxlava tayyorlangan list o’lchamini so’ramoqchiydim
Assalomu aleykum! Kechroq javob berganimiz uchun uzr ))) Pech patnisimiz kattaligi 35×30 sm.
Rahmat?
Salomat bo’ling! 🙂
Salom Opa shu paxlavani icidegi bizesi bilinme ketvotu shunga qando Qilsam bilinib turadi Javob ucun old indrawn raxmat
Пробовала этот рецепт получилось очень вкусно. Продолжайте в том же духе. Удачи) 💖