Videoretsept: olxo’rili pirog
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
250 gramm un
-
120 gramm margarin yoki sariyog'
-
1 ta tuxum
-
60 gramm shakar
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
asosiga
-
400-500 gramm olxo'ri
-
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
shtreyzelga
-
20 gramm un
-
50 gramm shakar
-
1 osh qoshiq shakar upasi
-
20 gramm sariyog'
Yo’nalishlar
G’arq pishgan, sersuv va mazali olxo’rilar – sochma pirog uchun ajoyib asos bo’la oladi. Xamirning shirinligi va olxo’rilarning nordon ta’mi bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Ushbu oilxo’rili pirog mehmonlar yoki oilaviy o’tirishlar uchun ajoyib yechimdir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
250 gramm un | |
120 gramm margarin yoki sariyog' | |
1 ta tuxum | |
60 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
asosiga |
|
400-500 gramm olxo'ri | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
shtreyzelga |
|
20 gramm un | |
50 gramm shakar | |
1 osh qoshiq shakar upasi | |
20 gramm sariyog' |
Unni qabartma bilan elakdan o'tkazamiz.
Alohida idishda yumshagan sariyog', tuxum va shakarni aralashtiramiz.
Sariyog'ga unli masani solib, xamir qoramiz.
Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Shtreyzel tayyorlaymiz. Un, shakar, shakar upasi va sariyog'ni aralashtirib, qumoq shakliga keltiramiz va muzlatgichga yuboramiz.
O'lxo'rilarni yuvib, ikkiga bo'lamiz va danagidan ajratamiz.
Xamirni un sepilgan stol ustida qalinligi 5 mm keladigan dumaloq shaklida yoyamiz.
Xamirni 24 smli diametrga ega qolipga joylashtirib, yonlarini 3 sm balandlikda chiqarib, "bortiklar" hosil qilamiz. Xamirni tag qismini sanchqi yordamida bir nechta joylarini teshib chiqamiz.
Xamirga kraxmalni bir xil qilib, sepib chiqamiz.
Olxo'rilarni bir-biriga yaqin joylashtirib xamir ustiga terib chiqamiz.
Olxo'rilar ustiga muzlatgichdan shtreyzelni olib, sepamiz.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
250 gramm un | |
120 gramm margarin yoki sariyog' | |
1 ta tuxum | |
60 gramm shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
asosiga |
|
400-500 gramm olxo'ri | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
shtreyzelga |
|
20 gramm un | |
50 gramm shakar | |
1 osh qoshiq shakar upasi | |
20 gramm sariyog' |