Videoretsept: «Olma» sloykalari
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
-
3 ta o’rtacha olma
-
20 gramm shakar
-
bir chimdim dolchin
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
1 osh qoshiq shakar upasi
Yo’nalishlar
Mazali, mayin va juda chiroyli “Olma” sloykalari – bu kuzning ajoyib trendi. Olmali sloykalarni tayyorlash oson, ko’rinishi esa ajoyib.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
3 ta o’rtacha olma | |
20 gramm shakar | |
bir chimdim dolchin | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
1 osh qoshiq shakar upasi |
Qatlama xamirini yupqa qilib yoyib, qolip yordamida 8-9 sm diametrlik dumaloqchalar kesib chiqamiz.
Xamir qoldiqlaridan barg yasab, dumaloqchalarga yopishtiramiz.
Olmani yupqa parraklarlarga kesamiz.
Dumaloqcha ustiga yarim choy qoshiq shakar sepib, ustiga 6-7 bo’lak olma qo’yamiz.
Sloykalar ustiga dolchin sepib, xohishga ko’ra xamir chetlariga tuxum sarig’i va suv aralashmasini surtib, 180C gacha qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida pishiramiz.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
3 ta o’rtacha olma | |
20 gramm shakar | |
bir chimdim dolchin | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
1 osh qoshiq shakar upasi |