fbpx
Videoretsept: olchali shokoladli tort

Videoretsept: olchali shokoladli tort

Masalliqlar:

  • Biskvit uchun

  • Nachinka uchun

  • Shokoladli glazur uchun

Yo’nalishlar

Olchali shokoladli tort — barcha sevadigan klassika. Bu tortni tayyorlash usllari ko’p, ammo bir barcha uchun to’g’ri bo’lgan retsepti yo’q. Har bir pazandaning o’z tayyorlash usuli mavjud. Biz ham sizga o’zimizning tekshirilgan usulimizni taklif qilamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 100 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
6 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
150 gramm un
150 gramm shakar
30 gramm kakao kukuni
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Nachinka uchun
400 gramm danagidan tozalangan olcha
100 millilitr quyultirilgan sut
100 gramm sariyog'
150 gramm qora shokolad
80 millilitr gilos sharbati
Shokoladli glazur uchun
50 gramm suyuq asal
200 gramm qora shokolad
250 millilitr 20-35 % li qaymoq
30 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Biskvit tayyorlaymiz

Tuxum, tuxum sarig’i va shakarni mikser yordamida 7 daqiqa davomida ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un, qabartma va kakaoni aralashtiramiz. Oz-ozdan tuxumli massa ustiga elaymiz. Ehtiyotkorlik bilan, lopatkani pastdan tepaga qilib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yechiladigan, diametri 22 sm, qolipga pergament qog’ozi solamiz. Qolip chetlariga sariyog’ surtamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni qolipga quyib, 170C gacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz. Biskvit tayyroligini taxta tayoq yordamida tekshiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biskvitni pechdan chiqarib, 1 soatga sovutgani qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gilosli nachinka tayyorlaymiz

Katta chuqur idishda shokolad, sariyog’, quyultirilgan sut, olcha sharbatini birlashtirib, mikroto’lqinli pechda eritamiz.

olcha sharbati o’rniga gilos likyori yoki konyak ishlatish mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Eritilgan shokoladli massaga gilosni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Biskvitni qolipdan chiqarib, pergament qog’ozini olib tashlaymiz va ustini tekkislab kesamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qolipga yangidan pergament qog’ozi solib, biskvitni katta qismini qolipga solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Biskvitning yumshoq qismini chiqarib olamiz, ammo xamirdan pastki qism va chetlari qolsin. Yumshoq qismdan kroshka qilamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Kroshkani olchali nachinkaga qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Nachinkani xamir ustiga qopilga solamiz, tekkislab, biskvit tepasi bilan yopamiz. Sovutgichga kamida 5 soat yoki tunga olib qo’yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz

Idishda shokolad, asal, qaymoq, o’simlik yog’ini birlashtirib mikroto’lqinli pechda eritamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Eritilgan shokoladli massani blender yordamida aralashtiramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Tortni sovutgichdan chiqarib, qolipni yechamiz. Ustiga glazur qiyamiz. Tortni sovutgichga 15-20 daqiqaga, glazur qatishi uchun, qo’yamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Tayyor tortni kesib choy bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 170C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
6 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
150 gramm un
150 gramm shakar
30 gramm kakao kukuni
0,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Nachinka uchun
400 gramm danagidan tozalangan olcha
100 millilitr quyultirilgan sut
100 gramm sariyog'
150 gramm qora shokolad
80 millilitr gilos sharbati
Shokoladli glazur uchun
50 gramm suyuq asal
200 gramm qora shokolad
250 millilitr 20-35 % li qaymoq
30 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: temari-sushi
keyingi
Videoretsept: qozonda yopilgan non

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.