fbpx
Videoretsept: «Napoleon» torti

Videoretsept: «Napoleon» torti

Masalliqlar:

  • korjga

  • kremiga

Yo’nalishlar

«Napoleon» torti – yoshligimizning mazali tortlaridan. Bir qarashda uni tayyorlash qiyindek tuyuladi, ammo, agar bizning videoretseptimizni ko’rsangiz, albatta, uni o’zingiz uyda tayyorlab ko’rasiz.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
korjga
575 gramm un
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1 osh qoshiq 9% li sirka
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
200 millilitr sovuq suv
kremiga
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
250 millilitr sut
80 gramm shakar
2 ta tuxum
1 osh qoshiq vanil shakari
350 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Unni elab, sovuq margarinni qirg'ichdan chiqaramiz. So'ngra margarinni un bilan qo'lda maydalay boshlaymiz. Buni tezroq bajarishga harakat qiling, yog' erishiga yo'l qo'ymang.

Qadam 2
Tugallandi

Stakanga tuz, tuxum (muzlatgichdan olingan), sirkani solib, sanchqi yordamida aralashtiramiz.

So'ngra ustidan sovuq suvni quyib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yog' va unli massaga stakandagi suvli aralashmani quyamiz.

Oldin qoshiq, so'ngra qo'lda xamir qoramiz. va dumaloqlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 10-12 ta bo'lakka bo'lamiz. Har bir xamirchalarni koptokcha shakliga keltiramiz, ustini yelim qog'ozda yopib, 1 soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng xamirlarni olib, yoyib chiqamiz. Aylanasi 20 sm li qolip yoki likopcha yordamida bir xil shaklda xamirimizni kesamiz va ustini sanchqi yordamida teshib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

210 C da qizdirilgan gaz pechida qizargunicha 8-10 daqiqa pishirib olamiz. Chetidan chiqqanlarini ham birga qo'yib pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Tuxum va shakarni venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sutni qaynatamiz. Sutga tuxumli aralashmani quyib, aralashtirib turgan holda past olovda massa quyilgunicha pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Sutli aralashmani xona haroratiga yoki undan pastroq haroratga kelgunicha sovutamiz. Yumshagan yog'ni qo'shib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Quyultirilgan sutni qo'shib, yana aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tortni har bir korjga krem suritgan holda yig'amiz. Yonlari va ustiga ham krem suritamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Krem chetlaridan chiqqan xamir bo'lakchalarini maydalab, tortni har tarafiga sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tortni 5-6 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 210 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
korjga
575 gramm un
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
1 osh qoshiq 9% li sirka
1 ta tuxum
bir chimdim tuz
200 millilitr sovuq suv
kremiga
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
250 millilitr sut
80 gramm shakar
2 ta tuxum
1 osh qoshiq vanil shakari
350 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
oldingi
Videoretsept: shokoladli keks
keyingi
Batafsil fotoretsept: «Frezye» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.