fbpx
Videoretsept: mol go’shtidan klassik olivye

Videoretsept: mol go’shtidan klassik olivye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Olivye salati hech qachon o’z ommabopligini yo’qotmaydi. Ushbu salatni qishda ham, yozda ham, tug’ilgan kunlarda, bayramlarda, ayniqsa yangi yil bayramida sevib iste’mol qilishadi.

Har qanday salat tayyorlashda bir muhim qoidaga amal qilish kerak. U tarkibida munosib mahsulotlar bo’lgan taqdirdagina eng yaxshisi bo’la oladi!

Yashil no’xat sifatiga alohida e’tibor berilishi kerak, salatning ta’mi uning ta’mi va sifatiga bog’liq bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli mahsulotlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'shtni tuzli suvda oldindan pishirib, sovutib olamiz. Shunda uni to'g'rash oson bo'ladi.

Go'shtni qaynagan bulyonida sovutish muhim! Shunda u yanada sersuv va mazali bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlarni yaxshilab qaynatib, sovutamiz va po'stidan tozalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshka va sabzini qaynatib, sovutamiz va po'stidan tozalaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Go'sht, kartoshka, sabzi, tuxum va marinadlangan bodringni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Maslahat: To'rtburchakning kattaligi no'xotdan oshmasligi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Barchasini idishga solamiz. Ustidan yashil no'xot, mayonez solib, tuz va murch sepamiz va aralashtiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi ramiy sahifasi Iчня

Mazali reklama

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Mandie Pie tayyor aralashmasidan shokoladli maffinlar
keyingi
Italyancha krostata

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.