Videoretsept: «Mimoza» stakanda qatlamli salati
Masalliqlar:
-
2 ta piyoz
-
100 millilitr qaynoq suv
-
2 ta kartoshka
-
2 ta sabzi
-
200 gramm konservalangan tunets balig'i
-
4 ta tuxum
-
100 gramm "Milter" bedana tuxumilik 50,5% «Yevropeyskiy» mayonezi
Yo’nalishlar
«Mimoza» salati bayram dasturxonimizda doim alohida o’ringa ega. Ammo katta stolda, salatga qo’l cho’zish noqulay. Buning yechimi bor – salatni stakanlarda alohida har bir mehmon uchun tortish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta piyoz | |
100 millilitr qaynoq suv | |
2 ta kartoshka | |
2 ta sabzi | |
200 gramm konservalangan tunets balig'i | |
4 ta tuxum | |
100 gramm "Milter" bedana tuxumilik 50,5% «Yevropeyskiy» mayonezi |
Sabzi, kartoshka va tuxumni qaynatib pishiramiz.
Tayyor sabzavotlar va tuxumni sovutib, archamiz.
Piyozni mayda to’g’rab, ustiga qaynoq suv quyamiz. Suvni to’kib, sovuq suv ostida yuvamiz - achchiqligini yo’qotish uchun.
Tunets balig’ini idishidan chiqarib, sanchqi yordamida maydalaymiz.
Kartoshka va sabzini qirg’ichdan chiqaramiz.
Tuxumni tozalab, oq va sarig’ini ajratamiz. Mayda qirg’ichdan chiqaramiz.
Salatni ushbu ketma-ketlikda qavat-qavat terib chiqamiz: kartoshka, tunets balig’i, piyoz, sabzi va tuxum oqi. Har qavatga mayonez surtamiz.
Oxirgi qavat qilib tuxum sarig’ini sepamiz va maydalangan shivit bilan bezatamiz.
Salatni 1,5-2 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida..
Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan
Masalliqlar:
2 ta piyoz | |
100 millilitr qaynoq suv | |
2 ta kartoshka | |
2 ta sabzi | |
200 gramm konservalangan tunets balig'i | |
4 ta tuxum | |
100 gramm "Milter" bedana tuxumilik 50,5% «Yevropeyskiy» mayonezi |