fbpx
Videoretsept: «Maxrovoe» shirinligi

Videoretsept: «Maxrovoe» shirinligi

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Mana bunday ko’rinishli pishiriqlar bir qarashdayoq odamni o’ziga qiziqtirib qo’yadi. Vanilli mayin biskvit va quyultirilgan sutli kremdan tashkil topgan bu shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.Buning uchun kerak bo’ladigan oddiy masalliqlar esa deyarli har bir ro’zg’ordan topiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Biskvitiga:
250 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
350 gramm shakar
6 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
3 osh qoshiq smetana
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
Kremiga:
200 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Biskvitini tayyorlab olamiz:

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan birgalikda, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga tuxum va smetanani solib, venchikda aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ko'pirtirilgan sariyog' ustidan smetanali aralashmani oz-ozdan quyib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan un va qabartmani elab solamiz va lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pech patnisini yog'lab, xamirni quyamiz va ustini tekislab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

200-210 C darajada qizigan pechga qo'yib, 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan biskvitning issiqligida aylanasi 6-8 sm kattalikdagi aylana shaklchalar kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ortib qolgan biskvitni esa pichoq yordamida maydalab olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kremiga:

Muzdek qaymoqni mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Quyltirilgan sutni oz-ozdan quyib, ko'pirtirishda davom etamiz. Ustida naqshlar hosil bo'lganda, ko'pirtirishni to'xtatamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirojniyni bezatamiz:

Aylana shaklda kesilgan biskvit bo'lagi ustidan krem surtib, ustidan yana bitta bo'lagini qo'yamiz. Usti va chetki tomonlariga yaxshilab krem surtib, maydalangan biskvitni sepamiz.

Pishirig'imizni soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Biskvitiga:
250 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
350 gramm shakar
6 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
3 osh qoshiq smetana
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
Kremiga:
200 gramm "365 Everyday" quyultirilgan suti
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Limon-xantalli qaylada pishirilgan baliq
keyingi
Malinali vatrushkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.