Videoretsept: maroqandcha quymoqlar
Masalliqlar:
-
700 millilitr iliq suv
-
300 gramm un
-
100 gramm bug'doy yormasi
-
2 ta tuxum sarig'i
-
2 choy qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
qayla uchun
-
70 gramm asal
-
50 gramm eritilgan sariyog'
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga noodatiy maroqandcha quymoqlar (Baghrir) retseptini taqdim etamiz. Baghrirning noodatiylik jihati – uning ko’rinishida. Chunki ushbu quymoqlar faqatgina bir taraflama pishiriladi.
Maroqandcha quymoqlarga agar sariyog’ va asalli qayla suritib tanovvul qilsangiz, ular yanada mazali bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
700 millilitr iliq suv | |
300 gramm un | |
100 gramm bug'doy yormasi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
2 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
qayla uchun |
|
70 gramm asal | |
50 gramm eritilgan sariyog' |
Idishda un,bug'doy yormasi, shakar, tuz, xamirturush va qabartmani aralashtiramiz.
Tuxum sarig'i, o'simlik yog'i va iliq suv solib aralashtiramiz.
Ustini yopib, issiq joyga 1 soat 30 daqiqaga qo'yib qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan xamirni olib 1 marotaba aralashtirib, so'ngra o'rtachadan pastroq olovda pishirib olamiz. Har bitta pishirilgan quymoqdan so'ng, tovani sovutib, keyin boshqasini pishiramiz.
Quymoqlarni tovaning ⅔ qismiga quyib, faqatgina 1 taraflama pishiramiz. Quymoqlarning diametri 12-15 santimetr bo'lishi kerak.
Quymoqlar tagini berib, ustida teshikchalar paydo bo'lsa, demak quymoqlar tayyor.
Masalliqlar:
700 millilitr iliq suv | |
300 gramm un | |
100 gramm bug'doy yormasi | |
2 ta tuxum sarig'i | |
2 choy qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
qayla uchun |
|
70 gramm asal | |
50 gramm eritilgan sariyog' |