Videoretsept: klassik uy noni
Masalliqlar:
-
350 gramm un
-
5 gramm quruq xamirturush
-
2 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
220 millilitr iliq suv
-
40 gramm Maselkodan "Солнечный" margarini
-
ustiga suritish uchun sut
Yo’nalishlar
Uy noni qandaydir o’ziga hos bo’lib, biz uni qanday xushbo’y, yumshoq, issiq va mazali ekanligini so’z bilan yetarlicha tariflab bera olmaymiz.
Nonni birinchi marotaba tayyorlayotganlar uchun ushbu ajoyib non tayyorlanishi sizga qiyinchilik tug’dirmasligini aytib o’tmoqchimiz. Uning xamiri oddiy klassik usulda tayyorlanadi, non yasash esa umum qiyin ish emas.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 6 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
350 gramm un | |
5 gramm quruq xamirturush | |
2 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
220 millilitr iliq suv | |
40 gramm Maselkodan "Солнечный" margarini | |
ustiga suritish uchun sut |
Katta idishda un, tuz, shakar va xamirturushni aralashtiramiz.
Iliq suvni qo'shib, xamir qorishni boshlaymiz.
So'ngra eritilgan margarin qo'shib, xamir qorishda davom etamiz.
5-6 daqiqa xamir qoramiz.
Xamirni idishga solib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 30 daqiqaga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni un sepilgan stol ustiga qo'yib, qo'lda yoyib, to'g'ri to'rtburchak shakliga keltiramiz. So'ngra rulet shaklida o'raymiz va ruletni yonchalb o'raymiz.
Xamirni yana qo'lda to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, uni rulet shaklida o'raymiz. Tayyor bo'lgan batonni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, 25 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan baton ustiga sut suritib, un sepamiz va ustini kesib chiqamiz.
180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga qizargunicha yuboramiz.
Tayyor bo'lgan non ustiga sochiq yopib, sovutamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
350 gramm un | |
5 gramm quruq xamirturush | |
2 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
220 millilitr iliq suv | |
40 gramm Maselkodan "Солнечный" margarini | |
ustiga suritish uchun sut |