fbpx
Videoretsept: klassik ratatuy

Videoretsept: klassik ratatuy

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Qayla uchun

  • Asos uchun

Yo’nalishlar

Ratatuy (sabzavotli ragu) — fransuz oshxonasining mashxur taomi. Bu taom «Ratatuy» nomli multfilm chiqishidan ancha oldin dunyoga tanilgan. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Qayla uchun
3 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta sariq bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
2 dona sarimsoq piyoz
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq qora murch
40 millilitr o'simlik yog'i
Asos uchun
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta pomidor
80 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq oregano
2 dona sarimsoq piyoz
Qadam 1
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Bulg’or qalampirini 230°С darajagacha qizdirilgan pechda 15-25 daqiqa mobaynida usti qorayguncha pishiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So’ngra sovutib, po’stlog’ini archamiz. Urug’laridan tozalab, mayda qilib to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorlarni ustini biroz kesib, ustidan qaynoq suv quyib 2-3 daqiqaga olib qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlar po’stlog’ini archib, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tozalangan piyozni mayda kubik shaklida to’g’raymiz. Tozalangan sarimsoq piyozni presslab maydalaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovada o’simlik yog’ini qizdiramiz. Piyoz, sarimsoq piyozni 4-5 daqiqa mobaynida qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga to’g’ralgan pomidor va bulg’or qalampirini qo’shib, 25 daqiqa davomida past olovda dimlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ziravorlar qo’shib, yana 3-5 daqiqa dimlaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor qaylani chuqur idishga solib pyure darajasigacha blenderlaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qovoqcha, baqlajon va pomidorni yupqa dumaloq shaklda kesamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pishirish idishiga qaylani solamiz.
Sabzavotlar to'liq sig’ishi uchun chuqur idishdan foydalangan yaxshidir.

Qadam 12
Tugallandi

Piyolada o'simlik yog'i, ziravorlar va maydalangan sarimsoqni aralashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Qaylani ustidan birma bir baqlajon, qovoqcha va pomidorni terib chiqamiz.
Sabzavotlar yarimigacha qaylaning ichida cho'kishi kerak.

Qadam 14
Tugallandi

Sabzavotlar ustidan ziravor va sarimsoqli yog’ni quyamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Idishni folga yoki pergament qog'ozi bilan berkitamiz va 230°C ga, oldindan qizdirilgan pechga, taxminan 1 soatga qo'yamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Keyin folgani olib tashlab, sabzavotlarni yana 20 daqiqa davomida pishiramiz.
Tayyor taomni dasturxonga ham issiq ham sovuq holda tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 230C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Qayla uchun
3 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta sariq bulg'or qalampiri
1 ta piyoz
2 dona sarimsoq piyoz
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
0,5 choy qoshiq qora murch
40 millilitr o'simlik yog'i
Asos uchun
2 ta baqlajon
2 ta qovoqcha
2 ta pomidor
80 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq oregano
2 dona sarimsoq piyoz
oldingi
Videoretsept: qarsildoq baqlajonli salat
keyingi
Videoretsept: klassik neapolitan pitsasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.