fbpx
Videoretsept: kartoshka pyure bilan gulyash

Videoretsept: kartoshka pyure bilan gulyash

Masalliqlar:

  • Gulyash uchun

  • Pyure uchun

Yo’nalishlar

Kartoshka pyure bilan gulyash – oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan to’yimli va oson taom. Bunday mazali tushlik barcha oila a’zolaringizga yoqishi aniq, bolalik ta’mi bor bu taomda.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Gulyash uchun
500 gramm mol go'shti
60 millilitr o'simlik yog'i
1 ta o’rtacha piyoz
100 gramm tomat pastasi
2 osh qoshiq un
400 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq qora murch
biroz maydalangan petrushka
Pyure uchun
700 gramm kartoshka
50 gramm sariyog'
100 millilitr issiq sut
Qadam 1
Tugallandi

Mol go’shtini o’rtacha kubik shaklida, piyozni yarim halqa shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

O’simlik yog’ida go’shtni o’rtacha olovda biroz qizartirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

To’g’ralgan piyoz qo’shib, yumshaguncha qovuramiz. Tomat pastasi, un qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suv, tuz, shakar va murch qo’shamiz. Aralashtirib, o’rtacha olovda go’sht yumshaguncha dimlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshkani o’rtacha kubik shaklida to’g’rab, tuz qo’shilgan suvda qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Issiq kartoshkaga sut va sariyog’ qo’shib, pyure holatigacha ezamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pyureni tarelkaga solib, ustiga gulyashni solamiz. Maydalangan ko’kat sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Gulyash uchun
500 gramm mol go'shti
60 millilitr o'simlik yog'i
1 ta o’rtacha piyoz
100 gramm tomat pastasi
2 osh qoshiq un
400 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq qora murch
biroz maydalangan petrushka
Pyure uchun
700 gramm kartoshka
50 gramm sariyog'
100 millilitr issiq sut
oldingi
Videoretsept: apelsin bilan pishirilgan quyon
keyingi
Videoretsept: shokolad pastali sloykalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.