Videoretsept: Jeymi Oliverdan tovuqli pirog
Masalliqlar:
-
250 gramm tayyor qatlama xamir
-
300 gramm tovuq filesi
-
200 gramm shampinyon
-
1 bog' ko'k piyoz
-
40 gramm xantal
-
20 gramm un
-
20 gramm o'simlik yog'i
-
50 gramm smetana
-
150 millilitr suv yoki bulyon
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq rozmarin
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Qarsildoq yupqa xamir va ichi to’la asosli bu pirog oson tayyorlanilishiga qaramay, har qanday oddiy kunni bayramga aylantirishi aniq.
Uning afzalligi shundaki, xamir va asosni bir qancha muddat oldindan tayyorlab, muzxonada saqlash mumkinligidadir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
300 gramm tovuq filesi | |
200 gramm shampinyon | |
1 bog' ko'k piyoz | |
40 gramm xantal | |
20 gramm un | |
20 gramm o'simlik yog'i | |
50 gramm smetana | |
150 millilitr suv yoki bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq rozmarin | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Tovuqni o'rtacha kattalikdagi to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz va yog' solingna tovada 4-5 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Ustidan tuz, murch va rozmarinni sepamiz. Qo'ziqorin va piyozni mayin to'g'rab solamiz. Sariyog'ni ham ustidan solib, 5-6 daqiqa qovurib olamiz.
Un, xantal va smetanani qo'shamiz, aralashtirib olamiz. Ustidan suv yoki bulyonni quyib, 15 daqiqa dimlab pishiramiz.
Aralashmani qolipga solib, ustini tekislaymiz.
Tayyor xamirni 0.5 sm qalinlida yoyib, qolip ustini yopamiz va chetlarini chiroyli ko'rinishda buklab chiqamiz.
Ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjutdan sepamiz.
Masalliqlar:
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
300 gramm tovuq filesi | |
200 gramm shampinyon | |
1 bog' ko'k piyoz | |
40 gramm xantal | |
20 gramm un | |
20 gramm o'simlik yog'i | |
50 gramm smetana | |
150 millilitr suv yoki bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq rozmarin | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
2 Sharhlar Hide Comments
Xuddi shu retsept asosida pishirganimda tagida xamir yo’qligiga masalliqlar to’kilib ketgandi nega bunaqa bo’lgan?
Qatga to’kildi? Piroggi o’zini shunaqa, kesib dasturxonga tortganda likopchaga xamir bo’lagini qo’yib, yoniga nachinkasi qoshiq yordamida qo’yiladi)