fbpx
Videoretsept: jemli pirog

Videoretsept: jemli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Desert uchun qumoq xamirdan tayyorlangan jemli pirogdan ortiq yana nima bo’lishi mumkin? Bugun biz sizlarga oddiy qumoq xamirdan qanday qilib, chiroyli pirog hosil qilish mumkinligini ko’rsatamiz.

Nafaqat dam olish kunlari, balki, ish kunlarida ham tayyorlasa bo’ladigan mazali desert.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm sariyog'
2 ta tuxum
100 gramm shakar upasi
2 osh qoshiq sovuq sut
200 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
ustiga surtish tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Idishga elangan un, qabartma va vanil shakari solib, venchik yordamida aralashtiramiz.

Eslatma: elangan un xamirni mayinroq va do'mboq qiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Unli massaga sariyog'ni qirg'ichdan o'tkazib, uvoq shakliga keltiramiz. So'ngra shakar upasini solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unli masaning o'rtasida chuqurcha hosil qilib, sut va tuxum solib, xamir qoramiz.

Eslatma: un sizga ko'proqdek tuyilishi mumkin, ammo sut qo'shishga shoshilmang. Xamir qorish jarayonida sariyog' erib, bir xil massa hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 15 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, 2 ga bo'lamiz (xamirning 1ta qismi ikkinchisidan kattaroq bo'lishi kerak, u pirogning asosi bo'ladi).

Qadam 6
Tugallandi

Asosini 0,5 sm qalinlikda yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Yoyilgan xamir yonlarini uzunligi 4 sm, eni 1 sm keladigan tasmalarga kesib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kesilgan tasmalardan "o'rama" bo'rtik hosil qilish lozim, huddi videoda ko'rsatilganidek.

Qadam 9
Tugallandi

Pirogning o'rtasiga jem solib, tekkislaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirning ikkinchi bo'lagini qalinligi 0,5 sm keladigan to'rtburchak shaklida yoyib, 1 sm keladigan tasmalar kesib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tasmalarni pirog ustiga panjara hosil qilib, terib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirog ustiga tuxum surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tayyor pirogni sovutib, shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm un
10 gramm qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm sariyog'
2 ta tuxum
100 gramm shakar upasi
2 osh qoshiq sovuq sut
200 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
ustiga surtish tuxum
oldingi
Nyu Yorkdagi Levain Bakery non mahsulotlari do’konidagidek pechenye
keyingi
Gaz pechida pishirilgan shokoladli nachinkaga ega ponchiklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.