fbpx
Videoretsept: jemga ega tvorogli bulochkalar

Videoretsept: jemga ega tvorogli bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlangan lazzatli xushbo’y va do’mboqqina pishiriq! Jemga ega yumshoqqina tvorogli xamirdan tayyorlangan ajoyib bulochkalar retseptini sizga taqdim etamiz.

Ushbu bulochkalar ko’pchilikka manzur kelib, o’z ko’rinishi va mazali ta’mi bilan barchani lol qoldiradi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm tvorog
200 gramm iliq sut
100 gramm shakar
bir chimdim tuz
1 ta tuxum
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
500 gramm un
100 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm istalgan jem
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tvorog, iliq sut va shakar solib, venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashtirib turgan holda, tuz, xamirturush va tuxum solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra un solib, xamir qoramiz. Tayyor xamirga yumshatilgan sariyog' solib, 10 daqiqa yaxshilab qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor xamirni paketga o'rab 1 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni 12 ga bo'lamiz. (80 grammdan).

Qadam 6
Tugallandi

Har bir bo'lakni 12 diametr qalinlikda yoyib pichoq yordamida 4 ta kesmalar hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

O'rtasiga 1 choy qoshiqdan jem solib, chetlarini tugib, atirgul hosil qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib ustini paket bilan yopamiz va 20 daqiqa tindiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig'i va sutli aralashma surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bulochkalarga shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 50 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm tvorog
200 gramm iliq sut
100 gramm shakar
bir chimdim tuz
1 ta tuxum
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
500 gramm un
100 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm istalgan jem
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Ismaloqli turkcha oladyalar
keyingi
Pishirishni talab etmaydigan «Oreo» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.