fbpx
Videoretsept: ikki xil rangli pechenye

Videoretsept: ikki xil rangli pechenye

Masalliqlar:

  • vanilli xamiri uchun

  • shokoladli xamiri uchun

Yo’nalishlar

Vanilli va shokoladli xamirning kombinatsiyasi pechenyega nafaqat jozibali ko’rinish beradi, balki uni g’ayrioddiy qiladi ham.

Ozroq urinish va natijada choyga ajoyib qo’shimcha bo’la oladigan juda mazali va uvalanuvchan pechenye hosil bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
vanilli xamiri uchun
130 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
1/4 choy qoshiq tuz
225 gramm un
shokoladli xamiri uchun
130 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
225 gramm un
1/4 choy qoshiq tuz
15 gramm kakao kukuni
100 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Vanilli xamir tayyorlaymiz:

Idishga un solib, Derevenskoe sariyog'ini solamiz va qo'lda ishqalab qumoq holatiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Shakar solib, aralashtiramiz. So'ngra tuz va vanil shakarini solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shokoladli xamir tayyorlaymiz:

Idishga un solib, Derevenskoe sariyog'ini solamiz va qo'lda ishqalab qumoq holatiga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shakar solib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra tuz va kakao solib, shokoladli xamir qoramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ikki xil xamirni yopishqoq plyonka bilan o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra xamirlarmi 1 sm qalinlikda yoyib, har bir xamirni 4 ta bir xil engli tasmalarga kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tasmalarni ustma-ust oq-qora qilib qo'yib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustidan ezib, yopishqoq plyonka bilan o'raymiz va 30-40 daqiqaga muzxonaga yuboramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qotgan xamirni 6-7 mm qalinlikdagi bo'laklarga kesib, bo'laklardan qolipchalar yordamida yulduzchalar kesib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
vanilli xamiri uchun
130 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
100 gramm shakar
2 choy qoshiq vanil shakari
1/4 choy qoshiq tuz
225 gramm un
shokoladli xamiri uchun
130 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
225 gramm un
1/4 choy qoshiq tuz
15 gramm kakao kukuni
100 gramm shakar
oldingi
Videoretsept: rezavor mevali jemga ega shokoladli pirojniylar
keyingi
Videoretsept: tofuli stir-fray

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.