fbpx
Videoretsept: Go’shtli teshik kulchalar

Videoretsept: Go’shtli teshik kulchalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Qiymasiga:

Yo’nalishlar

Yumshoqina va juda mazali, shuningdek ishtahaochar ko’rinishga ega bo’lmish teshik kulchalardan pishirdik va uni videotasvirga tushirdik. Ko’ring va bahra oling!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
300 millilitr sut
50 gramm margarin yoki sariyog'
1 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
500-550 gramm un
8 gramm quruq xamirturush
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qiymasiga:
500 gramm qiyma
100 gramm piyoz
100 gramm bulg'or qalampiri
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

50 millilitr iliq sutga xamirturush va shakarni solamiz. Aralashtirib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga unni elab solamiz. O'rtasini chuqurcha qilib, ichiga sut, opara, tuz, eritilgan sariyog'ni solamiz. Xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir ustini yelim xalta bilan yopib, 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qiymasini tayyorlab olamiz:

Tovaga o'simlik yog'ini quyib, qiymani solamiz va sui bug'lanib ketguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng mayda to'g'ralgan piyoz va bulg'or qalampirini solib, 5-7 daqiqa davomida dimlab pishiramiz. so'ng tuz va murch sepib, gazdan olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni olib, teng uchga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirlarni 5 mm qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz va 5-6 sm qalinlikdagi uzun lentalar kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ikkita uchida bo'sh joy qoldirib, so'ng qiymalarni solib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ikkita xamir tomonini yopishtirib, uzun naychalar hosil qilib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Naychalarni ikkita uchini bir-birining ichiga tiqib, teshik kulchalar shaklini beramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Kulchalarni patnisga terib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tingan kulchalarni ustidan ko'pirtirilgan tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 14
Tugallandi

185 C darajada qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Kulchalarini issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 2.5 soat
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 185 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
300 millilitr sut
50 gramm margarin yoki sariyog'
1 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
500-550 gramm un
8 gramm quruq xamirturush
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qiymasiga:
500 gramm qiyma
100 gramm piyoz
100 gramm bulg'or qalampiri
ta'bga qarab xohlagan ko'katlar
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Limonli tvorojnik
keyingi
Qahvali parhezbop desert

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.