fbpx
Videoretsept: «chizkeyk» asosiga ega maffinlar

Videoretsept: «chizkeyk» asosiga ega maffinlar

Masalliqlar:

  • maffinlar uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Bizning retseptimizdan siz asosi chizkeykni eslatib yuboradigan eng mazali shokoladli maffinlarni qanday tayyorlashni bilib olasiz.

Ushbu oson tayyorlanadigan maffinlar sizga yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
maffinlar uchun
250 gramm un
8 gramm qabartma (razrixlitel)
160 gramm shakar
1,5 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum
120 gramm sariyog'
180 millilitr sut
90 gramm "Дубровник" qora shokolad plitkasi 1 ta
30 gramm kakao kukuni
asosi uchun
160 gramm tvorogli pishloq
40 gramm shakar
30 gramm tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi tuxumlarni shakar bilan quyuq massa hosil bo'lgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni eritib, ozroq sovutamiz.

Sut bilan birga tuxumli massaga quyamiz va mikserning past tezligida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni qabartma va kakao bilan birga elakdan o'tkazib, suyuq massaga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ehtiyotkorlik bilan aralashtirib, maydalangan shokoladni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz. Tvorogli pishloqni shakar va tuxum bilan aralashtiramiz va konditer qopchasiga joylashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Maffinlar uchun mo'ljallangan qoliplarga bir marta ishlatiladigan qolipchalarni qo'yib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipnining ⅔ qismini xamir bilan to'ldiramiz va xamir o'rtasiga tahminan 1 osh qoshiq keladigan asosni konditer qopchasi yordamida solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Tayyor bo'lgan maffinlarni sovutamiz. Yaxshisi sovugan maffinlarni konteynerga solib, sovuqroq joyga butun tunga olib qo'ying.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz

Reklama huquqi asosida

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
maffinlar uchun
250 gramm un
8 gramm qabartma (razrixlitel)
160 gramm shakar
1,5 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum
120 gramm sariyog'
180 millilitr sut
90 gramm "Дубровник" qora shokolad plitkasi 1 ta
30 gramm kakao kukuni
asosi uchun
160 gramm tvorogli pishloq
40 gramm shakar
30 gramm tuxum
oldingi
Nokli tart
keyingi
Videoretsept: lavashdan tayyorlangan tvorog va ko’katli chudu

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.