Videoretsept: Beze pishirish sirlari
Masalliqlar:
-
3 dona tuxum oqixona haroratida bo'lishi kerak
-
180-200 gramm shakar
Yo’nalishlar
Mehmonga borayotganda o’zimiz bilan uyda pishirilgan bezelardan olib borsak-u mezbonlarni xursand qilsak qanday yaxshi! Biz sizlar uchun qanday beze pishirish haqida video tasvirga tushirdik.
Agarda siz bizning retseptdan foydalansangiz, bezelar sizning sevimli shirinliklaringiz qatoriga qo’shilishi aniq.
Tuxum oqi sarig'idan ehtiyotkorlik bilan ajratiladi. Eslatib o'tamiz, tuxum sarig'i bir tomchi ham aralashib ketishi mumkin emas.
Tuxum oqi qo'lda yoki mikser yordamida o'rta darajada ko'pirtiriladi.
Ko'pirtirilayotgan idishimiz to'ntarilib ko'riladi, agar ko'pirtma joyidan siljimasa, ko'pirtirishda davom etib oz-ozdan shakar solinadi.
Qattiq ko'pik hosil bo'lguncha yuqori bosimda ko'pirtiriladi.
Shakar oxirigacha erigandan so'ng esa, xohishga ko'ra ichiga yong'oq, kakao kukuni yoki har xil oziq-ovqat bo'yoqlari solsa ham bo'ladi.
Duxovka patnisiga maxsus yog'langan qog'oz to'shaladi va ustidan konditer qopchasi yoki qoshiq yordamida bezelar terib chiqiladi.
Bezelar qizdirilgan gaz pechida 100 C haroratda katta-kichikligiga qarab taxminan 1-2 soat davomida pishiriladi.
Ular tashqi tomindan ham, ichki tomonidan ham yaxshilab qurigan bo'lishi shart.
Mana bezelarimiz ham tayyor. Yoqimli ishtaha!
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.