fbpx
Videoretsept: «Bedana oyoqchalari» somsasi

Videoretsept: «Bedana oyoqchalari» somsasi

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Hozirgi paytda tovuqli kotletlar bilan mehmonlarni ajablantirishning iloji yo’q, ammo «bedana oyoqchalari» singari bunday pishiriqlar ularni nafaqat ajablantiradi, balki zavqlantiradi ham.

Qolaversa siz bunday somsalarni tog’oraga chiroyli qilib joylab, o’zingiz bilan mehmonga olib borishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 32 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
500 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
300 gramm kefir
nachinkasi uchun
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm brinza yoki pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishda unni qabartma bilan aralashtirib, tuz solamiz va margarinni qirg'ichdan o'tkazamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kefir solib, xamir qoramiz. Ustini sochiq bilan yopib, xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinkani tayyorlaymiz:

Tovuq go'shtidan qiyma va qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni (brinza ham bo'ladi) aralashtiramiz. Tuz va murch sepib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 0,5-0,7 sm qalinlikda yoyib, qolip yoki stakan yordamida dumaloqlar kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning o'rtasiga nachinka solib, solomka qo'yamiz va xamirni o'rtaga olib kelib tugamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Somsalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz va kunjut sepamiz.

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
500 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
300 gramm kefir
nachinkasi uchun
300 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
200 gramm brinza yoki pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
«Qishki olcha» torti
keyingi
Shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.