fbpx
Videoretsept: bayramona osh va ayron

Videoretsept: bayramona osh va ayron

Masalliqlar:

  • osh uchun

  • ayron uchun

Yo’nalishlar

Ushbu palovni «Bayramona» deb atashlari bejizga emas – axir bu taom bayramona dasturxonga to’liq loyiqdir. Ammo palovni mazali qilb pishirish uchun siz bir nechta sirlarni bilib olishingiz kerak.

Hamma biladigan qoidalarga qo’shimcha ravishda, masalan, go’sht, guruch va sabzi teng miqdorda bo’lishi kerak. Palov ta’mida suv juda katta rol o’ynaydi, suv qanchalik toza va mazali bo’lsa, bizning palovimiz shunchalik mazali bo’lib chiqadi.

Oshxonadagi suv tizimi – GROHE Blue Pure sizning taomlaringizga toza va tabiiy lazzat bag’ishlaydigan filtrlangan suv taqdim etuvchi oshxonangizdagi eng yaxshi do’stdir.

Oshxonada to’g’ridan-to’g’ri filtrlangan suv ta’minotiga ega bo’lgan holda, siz to’g’ridan-to’g’ri jo’mrakdan suv quyib, ichimliklar tayyorlashingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 150 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
osh uchun
800 gramm mol go'shti lahm
200 gramm dumba
200 gramm piyoz
800 gramm sariq sabzi
200 gramm qizil sabzi
1 kilogramm "lazer" guruchi
300 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm osh uchun kishmish
200 gramm ivitilgan no'xat
1 choy qoshiq qora murch donachalari
2 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq zarchava
ta'bga ko'ra tuz
1 litr toza ichimlik suvi
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi bezak uchun
ayron uchun
500 gramm suzma
bir nechta yalpiz (myata) shoxchalari
bir nechta yashil rangli rayxon shoxchalari
200 gramm nordon yashil olma
ta'bga ko'ra tuz
300-500 millilitr toza ichimlik suvi
Qadam 1
Tugallandi

Osh tayyorlaymiz:

Hamma mahsulotlarni tayyorlab olamiz. Piyozni yarim halqa shaklida, sabzini somoncha shaklida to'g'raymiz. Dumba va go'shtni esa katta bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qozonda o'simlik yog'ini qizdirib, birinchi bo'lib dumbani qizartirib qovurib olamiz (2-3 daqiqa).

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra qozondan olib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonga go'sht bo'laklarini solib, qizartirib qovuramiz. Piyoz solib, birgalikda 2-3 daqiqa qovuramiz va ozroq tuz solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qozonga sabzining 1/3 qismini solib, go'sht kuyib ketmasligi uchunn qozon tagidagi go'shtni sabzi ustiga chiqaramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra qolgan sabzini ham solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Olovini pasaytirib, qozon qopqog'ini yopgan holda 10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Suv quyib, kishmish, zarchava, zira, tuz va murch donachalarini solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, o'rtacha olovda 40-45 daqiqa pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Guruchni 5-6 marotaba yaxshilab yuvib, oxirida toza suv qoldirib, 1 choy qoshiq tuz solamiz va 20 daqiqaga suvga bo'ktirib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor bo'lgan zirvakka dumbani solib, ustidan guruchni suvini to'kkan holda solamiz. O'rtacha olovda 2 daqiqa pishirib, so'ngra kapkir yordamida guruchni o'giramiz va yana 2 daqiqa pishiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ngra guruchni o'rtaga to'plab, zira sepamiz. Qozon qopqog'ini yopib, olovini pasaytiramiz va 10-15 daqiqa pishiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Osh tayyor bo'lgnida ichidan go'sht va dumbani olib, bo'laklarga bo'lamiz.

Oshni laganga suzib, ustiga go'sht, dumba va bedana tuxumlarini ikkiga bo'lib, terib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ayron tayyorlaymiz:

Suzmaga mayda to'g'ralgan ko'katlar, olma va bir chimdim tuz solamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Suv solib, yaxshilab aralashtiramiz. Ayronni 30 daqiqaga muzlatgichga tinishi uchun yuboramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Yoqimli ishtaha!

Brendning Facebookdagi rasmiy sahifasi: @groheUZ

Instagramdagi rasmiy sahifasi: groheuzbekistan

@newconcept_uz

@concept.uz

reklama huquqi asosida

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
osh uchun
800 gramm mol go'shti lahm
200 gramm dumba
200 gramm piyoz
800 gramm sariq sabzi
200 gramm qizil sabzi
1 kilogramm "lazer" guruchi
300 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm osh uchun kishmish
200 gramm ivitilgan no'xat
1 choy qoshiq qora murch donachalari
2 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq zarchava
ta'bga ko'ra tuz
1 litr toza ichimlik suvi
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi bezak uchun
ayron uchun
500 gramm suzma
bir nechta yalpiz (myata) shoxchalari
bir nechta yashil rangli rayxon shoxchalari
200 gramm nordon yashil olma
ta'bga ko'ra tuz
300-500 millilitr toza ichimlik suvi
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan jemli rulet
keyingi
Tvorogli pirog

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.