fbpx
Videoretsept: «Bantik» bulochkalari

Videoretsept: «Bantik» bulochkalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bolalaringizni mazali, o’ziga xos bantik shaklidagi bulochkalar bilan ajablantiring. Ular xamirturushli xamiridan tayyorlanadi. Bulochkalr juda havodor, yumshoq va mayin bo’lib chiqadi.

Ushbu bulochkalarni bolalarga maktabga olib borish yoki tushdan keyin sut bilan snek sifatida berish mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr iliq suv
200 millilitr iliq sut
200 millilitr o'simlik yog'i
10 gramm quruq xamirturush
5 gramm tuz
20 gramm shakar
2 ta tuxum
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
850 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Idishga iliq sut, suv, o'simlik yog'i, tuz, shakar va tuxum solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga oz-ozdan un solib, yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor xamirni yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 1 soatga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 80 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bo'lakni kengligi 0,3 sm keladigan dumaloq shaklda yoyamiz (yoyilgan xamirning diametri 14-15 smni tashkil etishi kerak).

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra uni videoda ko'rsatilganidek bantik shaklida tugamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga terib chiqib, ustiga tuxum sarig'i va sutli aralashmani surtamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 18
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr iliq suv
200 millilitr iliq sut
200 millilitr o'simlik yog'i
10 gramm quruq xamirturush
5 gramm tuz
20 gramm shakar
2 ta tuxum
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
850 gramm un
oldingi
Korn-doglar
keyingi
Batafsil fotoretsept: adjarcha xachapuri

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.