fbpx
Videoretsept: apelsin sedrasi va dolchinli bulochkalar

Videoretsept: apelsin sedrasi va dolchinli bulochkalar

Masalliqlar:

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Agar siz oshirma xamirdan mazali pishiriqni istayotgan bo’lsangiz, unda ushbu dolchin va apelsin sedrasili bulochkalar albatta sizga ma’qul keladi. Ular ma’lum darajada sinnabonlarni eslatadi, ammo apelsin sedrasi ularga o’ziga xoslikni taqdim etadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 millilitr sut
1 osh qoshiq shakar
10 gramm xamirturush
500 gramm un
2 ta tuxum
60 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm mayonez
100 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq apelsin sedrasi
100 gramm sabzi
nachinkasi uchun
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm eritilgan sariyog'
75 gramm shakar
2 choy qoshiq apelsin sedrasi
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz:

Iliq sutga xamirturush va 1 osh qoshiq shakar solib, aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishga un solib, o'rtasida chuqurcha hosil qilamiz va oparani quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra tuxum, eritilgan sariyog', mayonez va apelsin sedrasini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra qirg'ichdan o'tkazilgan sabzi va shakarni solamiz. Xamir qorib, ustini sochiq bilan yopamiz va 1-1,5 soatga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 1 sm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, eritilgan sariyog' surtamiz. Ustiga shakar, dolchin va apelsin sedrasini sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Rulet shaklida o'rab, 5 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga bir-biridan uzoqroq masofada joylashtiramiz va 15-20 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulochkalar ustiga tuxum sarig'ini surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 3 soat
  • Portsiya 9
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 millilitr sut
1 osh qoshiq shakar
10 gramm xamirturush
500 gramm un
2 ta tuxum
60 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm mayonez
100 gramm shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq apelsin sedrasi
100 gramm sabzi
nachinkasi uchun
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm eritilgan sariyog'
75 gramm shakar
2 choy qoshiq apelsin sedrasi
oldingi
Videoretsept: stakanchalardagi rezavor meva va qaymoqli jele
keyingi
Keks-chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.