fbpx
Videoretsept: Achchiq ta’mli shokoladli pirog

Videoretsept: Achchiq ta’mli shokoladli pirog

Masalliqlar:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Shokolad va har xil ziravorli pishiriqlarni xush ko’ruvchilarga bu pirogimiz juda yoqadi deb o’ylaymiz. Uning noodatiy ta’mi va undan taraladigan xushbo’y ifor hatto o’zingizni ham mast qilishi shubhasiz)

Bunday pirogni oila a’zolaringiz jam bo’lganda pishiring va ularning olqishiga sazovor bo’ling!

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 millilitr sut
250 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
200 gramm shakar
6 ta tuxum
160 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuyilgan achchiq qalampir
bir chimdim tuz
Glazuriga:
150 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Korjini tayyorlab olamiz

Shokoladni bo'laklarga bo'lib, mikroto'lqinli pechga ishlatsa bo'ladigan tog'orachaga solamiz. Sutning bir qismi va sariyog'ni ham ustidan solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mikroto'lqinli pechga har 15-20 soniyaga qo'yib, to'liq eritib olamiz. Ora-orada aralashtirib tursak, bir xil eriydi.

Ustidan qolgan sutni quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishga tuxum va shakarni solib, hajmi ikki hissaga ko'payguniga qadar ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Boshqa tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan tuz, qabartma va qolgan barcha ziravorlarni ham solamiz.

Bir aralashtirib olib, so'ng tuxumli massa ustidan solamiz. Ehtiyotkorlik bilan tezda aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga shokoladli aralashmani quyamiz va g'ovakliligini saqlagan holda sekingina aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Aylanasi 24-26 sm li qolipga sariyog' surtib, pergament qog'oz to'shaymiz va ichiga xamirni quyamiz.

Qolipni 160 C darajada qizib turgan pechga qo'yib, 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng pishgan-pishmaganligini gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz. Agar gugurt cho'pi quruq bo'lib chiqsa, demak pirog pishgan hisoblanadi.

Qadam 7
Tugallandi

Glazuri uchun shokoladni bo'lib, tog'orachaga solamiz. Ustidan qaymoq va sariyog'ni solib, mikroto'lqinli pechda eritib olamiz. So'ng tort ustidan quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifamiz: samsunguzbekistan

Facebookdagi rasmiy sahifamiz: @SamsungUzbekistan

  • 80 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
250 millilitr sut
250 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
200 gramm shakar
6 ta tuxum
160 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
0.5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuyilgan achchiq qalampir
bir chimdim tuz
Glazuriga:
150 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
30 gramm sariyog'
oldingi
Baliqli kotletlar
keyingi
Suluguni solib pishirilgan sirniklar

Fikringiz