fbpx
Videoeretsept: rezavor mevali nachinkaga ega savatchalar

Videoeretsept: rezavor mevali nachinkaga ega savatchalar

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Ba’zan siz haqiqatan ham o’zingizni yorqin va mazali desert bilan xursand qilishni xohlab qolasiz. Nozik qumoq xamirga ega, rezavor mevali nachinka bilan to’ldirilgan savatchalarni tayyorlab ko’ring.

Rezavor mevali nachinkani har qanday rezavor meva yoki muzlatilgan rezavor mevalardan tayyorlashingiz mumkin.

Pishirish uchun siz maffinga yoki tartaletkalarga mo’ljallangan qoliplardan foydalanishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 37 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
170 gramm muzdek sariyog'
1 choy qoshiq shakar
260 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
60 millilitr muzdek suv
nachinkasi uchun
300 gramm qulupnay muzlatilgan yoki oddiy
50 gramm shakar
15 gramm makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Muzdek sariyog'ni to'rtburchak shaklida kesib, idishga solamiz. Shakar, tuz va un solib, mikser yordamida qumoq shakliga keltirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga muzdek suv solib, tezda xamir qorib, dumaloqlaymiz va yopishqoq plyonkaga o'rab, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Qulupnay va shakarni idishdga solib, isitamiz. Aralashtirib turgan holda kraxmal solamiz. Massa quyulganidan so'ng, olovdan olib, sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sovugan xamirni olib, 0,2-0,3 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipchalar yordamida savatchalarning asosi va qopqoqchasini kesib, olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Savatchaga nachinka solib, ustiga qopqog'ini yopamiz. Qopqoq chetlarini sanchqi yordamida ezib, chiqamiz. O'rtasida esa bug' chiqib turishi uchun teshikcha hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qizargunicha yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
170 gramm muzdek sariyog'
1 choy qoshiq shakar
260 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz
60 millilitr muzdek suv
nachinkasi uchun
300 gramm qulupnay muzlatilgan yoki oddiy
50 gramm shakar
15 gramm makkajo'xori kraxmali
oldingi
Videoretsept: qatlama xamirdan tvorogli rogaliklar
keyingi
«Konfetka» pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.